Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada jang qilayotgan rossiyalik mahkumlarning afv etilishi qonunlarni buzayotgani aytildi
Rossiya Federatsiyasi prezidenti maxfiy farmonlari bilan Ukrainada olti oy jang qilgan yuzlab xavfli jinoyatchilarni afv etdi. Bunday amaliyot jabrlanuvchilar huquqlarini buzadi, deyiladi Jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi xabarida.

Foto: AFP/Getty Images
Ukrainaga qarshi urushda qatnashgani uchun sudlanganlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maxfiy farmonlari bilan afv etish ham jabrlanganlarning, ham boshqa fuqarolarning huquqlarini buzadi. Bu haqda Jinoyat qurbonlarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (QQJ)ning 11 yanvar, payshanba kuni QQJ Telegram-kanalida e’lon qilingan xabarida aytiladi.
Putin mahkumlarni afv etish va ularning sudlanganligini olib tashlash to‘g‘risidagi farmonlarni imzolagan, bu Rossiya qonunlariga ziddir, deyiladi xabarda. Sudlanganlik faqat jazoni o‘tagan mahkumlar uchun olib tashlanishi mumkin.
Qonunlarning yana bir buzilishi shundan iboratki, mahkumlar frontda olti oy o‘tkazganidan so‘ng afv etilyapti va urushda qatnashishdan ozod qilinyapti. Shu bilan birga, safarbar qilingan rossiyaliklar va shartnoma bo‘yicha askarlar xizmat muddati belgilanmagan, deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari. Shu tariqa, bir necha oydan beri safarbar qilinganlarning xotinlari Ukrainada bir yildan ortiq urush olib borgan erlarini vataniga qaytarishni talab qilmoqda, biroq Rossiya rasmiylari bu talablarga e’tibor bermayapti.
Afv etilganlar yana og‘ir jinoyatlar sodir etyapti
Rossiya qonunlariga ko‘ra, jabrlanuvchilar mahkumning koloniyaga kelganidan to qamoqdan ozod etilishigacha bo‘lgan harakatlari haqida to‘liq ma’lumot olish huquqiga ega. Bunday ma’lumotlarni olishga uringan jabrlanuvchilarga rad javobi berilgan, chunki mahkumlar prezidentning maxfiy farmoni bilan afv etilgan, deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, afv etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqishda jabrlanuvchilarning fikri ham inobatga olinishi shart. Biroq, bu sodir bo‘lmayapti, rasmiylarning hech biri ularga bunday savol bilan murojaat qilmagan, deydi hisobot mualliflari. Hujjatda ta’kidlanganidek, Ukrainadan qaytgan afv etilgan o‘ta xavfli jinoyatchilarning bir qismi yana og‘ir zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etyapti, bu esa jamiyatda keskinlikni kuchaytirmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyada Farg‘ona va Surxondaryo savdo uyi tashkil etilishi mumkin
Iqtisodiyot | 14:08
-
Pistorius: Germaniya Ukrainaga TAURUS raketalarini yetkazib bermaydi
Jahon | 13:55
-
6 oyda bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holati yuzasidan 2 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
O‘zbekiston | 13:39
-
Pasport qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori o‘zgardi
O‘zbekiston | 13:24
Mavzuga oid

18:47 / 02.07.2025
Lukashenko 16 kishini, jumladan, «ekstremistik» jinoyatlarda ayblanganlarni afv etdi.

17:38 / 05.06.2025
Toshkentda o‘zini IIV mansabdori sifati tanishtirib, pul undirmoqchi bo‘lgan advokat ushlandi

21:52 / 03.06.2025
Tramp tuzoqqa tushgan akulalarni qo‘yib yuborgan ikki g‘avvosni afv etdi

20:28 / 07.05.2025