Navoiydagi 11-son JIEKda jazo muddatini ötayotgan mahkum Şuhrat Sotvoldiyev şifoxonada vafot etdi. Bu haqda Kun.uz’ga marhumning yaqinlari xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Navoiydagi jazoni ijro etiş muassasasida jazo muddatini ötayotgan mahkum Şuhrat Sotvoldiyev soğliği yomonlaşgani sababli kasalxonaga olib kelingani, uning oila a’zolari içkariga kiritilmayotgani, mahkumga tan jarohati yetkazilgani böyiça xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Oliy Majlisning Inson huquqlari böyiça vakili axborot xizmati rasmiy munosabat berdi.
Unga köra, mahkum Şuhrat Sotvoldiyev soğliği yomonlaşgani sababli 23 noyabr kuni koloniya mas’ul xodimlari kuzatuvi ostida RŞTYoIM Navoiy viloyat filialiga olib kelingan. Soğliği yomonligi sababli mahkumning oila a’zolariga ham xabar berilgan. Unga “ikki tomonlama bronxopnevmoniya oğir keçişi” taşxisi qöyilgan.
Mahkum jazoni ötaşga tösqinlik qiladigan oğir kasallikka çalinganligi sababli 11-son JIEKning taqdimnomasiga asosan JIB Navoiy şahar sudi 26 noyabr kuni Şuhrat Sotvoldiyevni Jinoyat kodeksining 75-moddasi 1-qismi tartibida jazodan ozod etiş haqida ajrim çiqargan.
“27 noyabr kuni sobiq mahkumning ukasi Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakiliga murojaat qildi. Mintaqaviy vakil şu kunning özida şifoxonaga borib, fuqarodan xabar oldi va vaziyatni örgandi”, deyiladi Ombudsman rasmiy munosabatida.
Şuningdek, holat yuzasidan Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Navoiy viloyati prokuraturasi ham holat böyiça rasmiy bayonot bergandi. Unda tergovga qadar tekşiruv harakatlari har tomonlama töliq va xolisona ötkazilişi va natijasi böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi ta’minlanişi bildirilgan.
Şuhrat Sotvoldiyev körsatilgan tibbiy yordamga qaramay 27 noyabr kuni vafot etgan.
“Dadamning oldiga 24 noyabr kuni kirdim. Böyin şişi va holatiga qarab, şifokorlarga dadamni urişganini, qovurğalari singanini aytdim. Lekin ular yaşirişdi. Tahlil javoblarini beringlar, boşqa şifokorlarga ham körsatay, deya iltimos qildim, yalinib-yolvordim. Ammo aldaşdi. Kaltaklaşgan bölsa ham vaqtida olib kelişganida, şifokorlar ulardan emas, içgan qasamidan köproq qörqişganida balki dadam tuzalib ketardi”, deydi marhumning qizi.












