O‘zbekiston va Yaponiya qo‘shma loyihalarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni shakllantirdi
O‘zbekiston va Yaponiya Toshkentda bo‘lib o‘tgan biznes-forum yakunida qo‘shma loyihalarga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni shakllantirdi.
Yaponiya iqtisodiyot, savdo va sanoat davlat vaziri Ryosuke Kozukining tashrifi doirasida Toshkentda O‘zbekiston–Yaponiya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri ma’lumotiga ko‘ra, unda tegishli vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari rahbarlari, shuningdek, ikki mamlakatning IT, energetika, raqamli transformatsiya, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, tibbiyot va farmatsevtika va boshqa yo‘nalishlar sohalarida faoliyat yurituvchi 200 ga yaqin yirik kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
Qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishning eng istiqbolli yo‘nalishlari sifatida IT-sohasi, muqobil energetika, ta’lim, tibbiyot, turizmni rivojlantirish, raqamlashtirishni kengaytirish sohalari belgilab olindi.
Biznes-forum davomida G2B va V2V uchrashuvlari ham tashkil etilib, unda ishtirokchilar qo‘shma korxonalar tashkil etish va o‘zaro manfaatli savdo shartnomalarini tuzish masalalarini atroflicha muhokama qilishdi.
Forum yakunida ta’lim, IT-texnologiyalari, muqobil energetika va tibbiyot, geodeziya va kartografiyada kosmik texnologiyalardan foydalanish sohalarida 14 ta hujjat imzolandi. Alohida «yo‘l xaritasi» shakllantirildi, unga ko‘ra har bir loyihani amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatiladi.
Mavzuga oid
18:48 / 14.11.2024
Subaru kosmik teleskopi noyob halqasimon galaktikani aniqladi
21:18 / 13.11.2024
Yaponiyada seysmik yoriqlar tufayli yadroviy reaktorni qayta ishga tushirishga ruxsat berilmadi
19:55 / 11.11.2024
Yaponiyada Ishiba hukumatining yangi tarkibi tasdiqlandi
17:59 / 11.11.2024