O‘zbekiston | 13:03 / 17.01.2024
2784
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 2,5 mlnni tashkil etdi

2023 yil yakuniga ko‘ra o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar soni 2,5 mln nafarni tashkil etdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi axborot xizmati rahbari Dildora Hoshimova ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, noqonuniy ish o‘rinlari legallashtirilganligi hisobiga daromad solig‘i to‘lovchilar 263,2 ming nafarga ko‘payib, 5,3 mlnga yetdi. 

Shuningdek, ish haqining oshirilishi jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha qo‘shimcha 1,9 trln so‘m tushirish imkoniyatini berdi. 

O‘tgan yil davomida 90 mingga yaqin yuridik shaxs ro‘yxatga olinib, jami faoliyat yuritayotgan korxonalar soni 570,4 mingtaga va 97 mingdan ortiq fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor cafiga qo‘shilib, jami faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 240,7 ming nafarga yetdi. 

Soliq tushumlari bo‘yicha 2023 yil uchun 163,8 trln so‘m yillik prognoz amalda 165,9 trln so‘m, ya’ni 2,1 trln so‘m ortig‘i bilan bajarildi.

Mavzuga oid