Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden AQSh husiylarga qarshi zarba berishda davom etishini aytdi
Bu zarbalar Qizil dengizda kemalarga tahdid to‘xtamaguncha davom etadi.
Yamandagi husiy isyonchilar Qizil dengizda kemalarga tahdid qilar ekan, AQSh ularga qarshi zarbalarini davom ettiradi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden.
«Siz Amerika zarbalari husiylarni to‘xtatdimi, deb so‘rayapsizmi? Yo‘q. Bu zarbalar davom etadimi? Ha», dedi Bayden jurnalistlar bilan uchrashuvda.
2023 yil 7 oktyabrda HAMAS Isroilga hujum qildi. Bunga javoban Isroil HAMAS harakatiga qarshi operatsiya boshladi. Bu voqealar Yaqin Sharqdagi qator guruhlarni Iroq va Suriyadagi AQSh kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirishga olib keldi. Yamanning husiy isyonchilari, o‘z navbatida, Qizil dengizdagi kemalarni o‘qqa tuta boshladi. O‘tgan hafta AQSh va Buyuk Britaniya Yamandagi husiylar harbiy nishonlariga bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi.
Shuningdek, 17-18 yanvar kunlari Qo‘shma Shtatlar xalqaro yuk tashish yo‘llariga hujum qilish uchun foydalanilgan 14 ta husiy raketasini urib tushirdi.
AQSh Markaziy qo‘mondonligining fikricha, zarbalar «husiylarning Qizil dengiz, Bob al-Mandib bo‘g‘ozi va Adan ko‘rfazidagi xalqaro va tijorat kemalariga hujumlarini davom ettirish qobiliyatini zaiflashtiradi».
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026