Fransiyada immigratsiya qonuniga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi
Minglab odamlar immigratsiya qonuniga qarshi mamlakat konstitutsiyaviy kengashining bu boradagi qarori e’lon qilinishi arafasida norozilik bildirdi.

Foto: GUILLAUME BAPTISTE / AFP
Fransiyada o‘n minglab odamlar yangi immigratsiya qonuniga qarshi norozilik namoyishiga chiqdi, deb xabar berdi Le Monde 21 yanvar, yakshanba kuni. Ichki ishlar vazirligi namoyishchilar sonini 75 ming kishi deb hisoblagan, tashkilotchilar esa 150 ming nafar namoyishchi borligini aytgan. Franceinfo telekanaliga ko‘ra, Parij, Lill, Kann, Lion va boshqa shaharlarda turli aksiyalar bo‘lib o‘tgan.
Fransiya poytaxtida Eyfel minorasi yaqinida 16 ming kishi yig‘ildi, 2000 ga yaqin kishi Lill, Kann, Lion, Bordo va Metsdagi mitinglarda qatnashdi. Tuluzadagi norozilik namoyishlarida uch mingdan to‘rt minggacha namoyishchilar hisobga olindi.
Fransiya parlamenti qonun loyihasini ikkinchi urinishda ma’qulladi
Fransiya milliy Assambleyasi (parlamentning quyi palatasi) dekabr oyida senatdan keyin prezident Emmanuel Makronning munozarali immigratsiya qonunini ma’qullagan edi. Qonun loyihasi, jumladan, noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilishni soddalashtirish va migratsiya kvotalarini joriy etishni nazarda tutadi. Ba’zi ijtimoiy nafaqalarni olish shartlari kuchaytirildi - endi Yevropa Ittifoqidan tashqaridagi mamlakatlardan kelgan ishsiz muhojirlar Fransiyada 5 yil bo‘lganidan keyin uni olishi mumkin bo‘ladi.
Bundan tashqari, Fransiya huquq-tartibot idoralari xodimlariga qarshi jinoyat sodir etgan ikki fuqaroligi bo‘lgan shaxslar fransuz pasportini yo‘qotishi mumkin. «Bugun qattiq choralar ko‘rish kerak», dedi ovoz berish tugaganidan keyin ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen. Qonun muxoliflari fikricha, u o‘ng kayfiyatning kuchayishiga, shuningdek, irqiy va milliy asosda kamsitishlar ko‘payishiga olib keladi.
Bir necha kun oldin parlament hujjatni rad etdi. Asl nusxada qonun loyihasi migrantlarning integratsiyalashuviga ko‘maklashish, shuningdek, Fransiyaga noqonuniy yo‘llar bilan kelganlarni deportatsiya qilishni soddalashtirishga qaratilgan edi. Biroq, keyinchalik Makron tarafdorlari ko‘pchilikka ega bo‘lmagan senat hujjatning aksariyat bandlarini qat’iylashtirdi. Fransiya konstitutsiyaviy kengashi qonunning konstitutsiyaga muvofiqligi haqidagi qarorini 25 yanvar kuni e’lon qilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Shvetsiyada tuxumni qizining peshonasiga urib chaqqan ayol jarimaga tortildi
Jahon | 00:42
-
Londonda Rossiya josuslik tarmog‘i rahbari 10 yilga qamaldi
Jahon | 00:11
-
Andijonda 30 ming dollar bilan qo‘lga tushgan sudya ishi bo‘yicha ma’lumot berildi
O‘zbekiston | 23:27 / 12.05.2025
-
Rossiyaning Ukrainadagi sobiq qo‘mondoni Jazoirda ko‘rinish berdi. U Prigojin isyonidan keyin «yo‘qolib qolgandi»
Jahon | 23:02 / 12.05.2025
Mavzuga oid

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

08:10 / 10.05.2025
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi

09:25 / 08.05.2025
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi

07:53 / 08.05.2025