Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi
Emmanuel Makron va Donald Tusk Nansida Fransiya va Polsha o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi. Bu mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni, jumladan, mudofaa sohasida ham kengaytiradi.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Polsha bosh vaziri Donald Tusk 9 may, juma kuni Fransiyaning Nansi shahrida o‘z mamlakatlari o‘rtasidagi do‘stlik shartnomasini imzoladilar. Unda birinchi navbatda mudofaa, energetika va infratuzilma sohalarida yaqin hamkorlik ko‘zda tutilgan.
Tusk, ayniqsa, o‘zaro qo‘llab-quvvatlash haqidagi kelishuv bandlarini olqishladi. Makron, shuningdek, qo‘shma harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazilishini ma’lum qildi, deya xabar beradi AFP.
Keyinroq Fransiya prezidenti, Polsha va Buyuk Britaniya bosh vazirlari, Germaniya kansleri Kiyevga ketayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Emmanuel Makron, Donald Tusk, Fridrix Mers va Kir Starmer qo‘shma bayonotda ma’lum qildi.
Yevropa davlatlari yetakchilari Kiyevga 10 may, shanba kuni ertalab yetib kelishi kutilmoqda. AFP agentligi muxbirining xabar berishicha, siyosatchilar Polshada Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda poyezdga chiqishgan. Bu Mersning kansler sifatida mamlakatga birinchi tashrifi.
Mavzuga oid
20:14 / 31.05.2026
Fransiyada ozdiruvchi dori sotib olganlarning xarajatlari qoplab beriladi
08:59 / 28.05.2026
Norvegiya Fransiyaning yadroviy “qalqoni”ga qo‘shildi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
10:07 / 23.05.2026