15:17 / 22.01.2024
1401

O‘zbekiston va YeI 2024 yilga mo‘ljallangan qo‘shma kun tartibini muhokama qildi

Toshkentda O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi 2024 yilga mo‘ljallangan turli shakllardagi qo‘shma kun tartibini muhokama qildi.

Foto: «Dunyo» AA

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov mamlakatga tashrif bilan kelgan Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Tashqi ishlar vazirligida Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas janoblari bilan uchrashishdan mamnunmiz», – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida.

Iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, barqaror taraqqiyot bo‘yicha hamkorlik qilish, xalq diplomatiyasini rivojlantirishga ko‘maklashish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, 2024 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi shakllarida qo‘shma kun tartibi muhokama qilindi.

Top