Yevropa Ittifoqi Ğarbiy Sohilda falastinliklarga nisbatan zöravonlik uçun tört «ekstremist» isroillik köçmançi va ikkita turar-joy punktiga qarşi sanksiyalar joriy qildi. Bu şaxslar va taşkilotlar «falastinliklarga qarşi inson huquqlarining jiddiy buzilişi uçun javobgardir», deb e’lon qildi YeI 19 aprel, juma kuni. 

Gap «qiynoqlar va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi munosabat», şuningdek, «Ğarbiy Sohildagi falastinliklarning mulk, şaxsiy va oilaviy hayotiga bölgan huquqlarining buzilişi» haqida bormoqda. 

Falastinliklarga qilingan hujumlar uçun «radikal» Lehava va Hilltop Youth guruhlari, ularning asosçilari Meir Ettinger va Elişa Yered, şuningdek, köçmançilar Neria Ben Pazi va Yinon Leviga nisbatan sanksiyalar qöllandi. Ularning Yevropa Ittifoqiga kirişi taqiqlangan va aktivlari muzlatib qöyiladi. 

12 aprel kuni YeI 7 oktyabr kuni Isroilga hujum çoğida keng tarqalgan jinsiy zöravonlik uçun HAMAS guruhi qurolli bölinmalariga qarşi sanksiyalar kiritdi.

Falastinliklarga qarşi hujumlar ortidan AQŞ sanksiyalari

Şu kuni AQŞ Moliya vazirligi ham falastinliklar bilan töqnaşuvlar fonida sanksiyalar kiritdi. Moliya vazirligi ma’lumotlariga köra, Vaşingtonning sanksiyalar röyxatiga kiritilgan ikki radikal isroillik köçmançiga moliyaviy yordam körsatgan ikkita taşkilotga nisbatan jazo çoralari qöllangan. «Bunday harakatlar Ğarbiy Sohildagi tinçlik, xavfsizlik va barqarorlikka putur yetkazadi», dedi AQŞ moliya vaziri örinbosari Uolli Adeyemo. 

Bundan taşqari, Isroil milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvirning işonçli odami hisoblangan Lehava guruhi rahbari Ben-Tsion Gopşteynga nisbatan jazo çoralari qöllangan. Çeklovlar Qöşma Ştatlardagi aktivlarni blokirovka qilişni, şuningdek, AQŞdagi jismoniy va yuridik şaxslarning sanksiyalar reyestriga aloqador şaxslar bilan biznes yuritişini taqiqlaşni nazarda tutadi. 

Ğazo sektoridagi uruş natijasida oktyabr oyidan beri Ğarbiy Sohilda ham zöravonliklar kuçaygan. Xususan, aprel oyi örtalarida u yerda 14 yoşli yahudiy çöpon Binyamin Aximeyr falastinliklar tomonidan şafqatsizlarça öldirildi va bu yahudiy köçmançilarning hujumlari tölqinini keltirib çiqardi. 

Isroil-Falastin mojarosi

7 oktyabr kuni ertalab HAMASning harbiy qanoti - «Izzaddin al-Qassam brigadalari» Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi boşlanganini e’lon qildi. Ğazo sektoridan Isroil tomon minglab raketalar otildi, qurolli guruhlar Isroil aholi punktlariga kirdi.