Britaniya taşqi işlar vaziri Devid Kemeron Markaziy Osiyo va Möğulistonga turnesi yakunida, Londonga qaytiş çoğida Toşkentda töxtab ötdi. U Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uçraşgan.

“Yana bir bor Özbekiston – Buyuk Britaniya hamkorligini aniq natijalar bilan boyitiş uçun barça imkoniyatlarimizdan foydalanişga tayyorligimizni tasdiqladik”, – deya yozdi Baxtiyor Saidov Telegram'dagi sahifasida.

Foto: Özbekiston TIV matbuot xizmati

Kemeronning 23 aprel kuni Toşkentga taşrifi – Britaniya taşqi işlar vazirining 1997 yildan beri Özbekistonga ilk marta kelişi bölgandi.

Taşrif doirasida Kemeron va Saidov Özbekiston va Britaniya örtasida Keng qamrovli şerikçilik töğrisida deklaratsiya imzoladi. Şuningdek, Mintaqaviy va xalqaro boğliqlik hamda infratuzilma sohalaridagi hamkorlik töğrisidagi anglaşuv memorandumi ham tuzildi.

Britaniya sobiq boş vaziri Özbekiston Senati raisi Tanzila Norboyeva, boş vazir örinbosari Jamşid Qöçqorov, oliy ta’lim vaziri Qönğirotboy Şaripov bilan ham uçraşuvlar ötkazdi.

Devid Kemeron taşrifi oldidan e’lon qilgan maqolasida rasmiy London Markaziy Osiyo bilan global tartib, iqtisodiy kooperatsiya va ta’lim böyiça hamkorlikni ustuvor yönalişlar sifatida körişini qayd etdi.