IISS: urush Rossiyaning yadroviy doktrinasini yanada tajovuzkor qildi
Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) tahlilchilariga ko‘ra, Ukrainadagi urush Kreml uchun yadro qurolining ahamiyati va undan foydalanish istagini oshirdi.

Foto: AP
Ukrainadagi urush Rossiya rahbariyatining oddiy qurollarga bo‘lgan ishonchini susaytirdi va kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan mojaroda NATOni to‘xtatish va mag‘lub etish vositasi sifatida strategik bo‘lmagan yadro qurollarining (SBYaQ) Moskva uchun ahamiyatini oshirdi. Bu haqda Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) hisobotida aytiladi, deb yozadi 22 yanvar, dushanba kuni Reuters.
Rossiya tajovuzkor yadroviy doktrinasi mamlakat rahbariyatining g‘arb davlatlarida yadro qurolini qo‘llash istagi va qurbonlar ko‘lamini qabul qilish qobiliyati yetishmaydi, degan qarashlariga sabab bo‘lmoqda, deb yozadi hisobot mualliflari.
IISS tahlilchilarining fikriga ko‘ra, Rossiya SBYaQdan mojaroning nazorat ostida keskinlashuvi uchun yoki AQSh va NATOning mojaroga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yoxud «ruscha shartlar asosida urushni tugatishga majbur qilish» uchun foydalanishi mumkin, deya Reuters hujjat matnidan parchalarni keltiradi.
Yadroviy hujumga qanday javob berish kerakligi haqida hech qanday javob yo‘q
Hisobot hammuallifi, IISS strategiya, texnologiya va qurol-yarog‘ nazorati bo‘yicha eksperti Uilyam Alberkning so‘zlariga ko‘ra, g‘arb razvedka idoralari Rossiyaning yadro qurolidan foydalanishga tayyorgarligini oldindan aniqlay oladi. Rossiya rahbari, ehtimol, o‘shanda yadroviy bunkerga yo‘l oladi va Rossiyaning butun yadroviy qo‘mondonlik va nazorat tizimi AQShning yirik yadroviy javobi ehtimoli bo‘yicha yuqori shay holatga keltiriladi, dedi Alberk.
Bunday ssenariyga qanday munosabatda bo‘lish kerakligi haqidagi savol «rejalashtirish bo‘yicha amerikalik mutaxassislarga tinchlik bermayapti», dedi Uilyam Alberk. «Boshqa tomon yadro ostonasini kesib o‘tgandan so‘ng, uning kuchayishiga qanday yo‘l qo‘ymaslik kerak? Qanday qilib uni ushlab turish mumkin? Bu yadro asrining boshidan beri mavjud bo‘lgan eng qiyin muammolardan biri», - dedi u.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

00:53
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi

23:58 / 15.05.2025
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi

23:46 / 15.05.2025
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi

19:34 / 15.05.2025