AQŞda Xolokostdan omon qolgan 97 yoşli Jaklin Kimmelstil bolalikdagi orzusini röyobga çiqardi. New York Post’ning yozişiça, u Maunt-Sent-Vinsent universitetini tamomlaşga muvaffaq bölgan.

Universitet saytida yozişiça, Jaklin Germaniyada tuğilgan va bolaligini Fransiyada, natsistlardan yaşirinib yaşab ötkazgan. 1947 yilda esa u AQŞga köçib ötgan va tikuvçi bölib işga joylaşgan. Qöşma Ştatlarda u Osvensimda omon qolgan bölajak turmuş örtoği bilan tanişgan.

Uruş tufayli Kimmelstil maktabni tugatmagan va şu bois u kollejga ham kira olmagan. Jaklinning sözlariga köra, u öqişni juda yaxşi körgani uçun bundan «qattiq taşvişda yurgan».

Kimmelstilning orzusidan xabar topgan Maunt-Sent-Vinsent uning uçun tölaqonli öqiş kunini taşkillaştirişga qaror qildi.

2025 yil 13 may kuni 97 yoşli talaba ingliz va fransuz adabiyoti darslarida qatnaşdi, şuningdek, basketbol öyinini kuzatdi. Kunning oxirida esa Kimmelstilga öqişni tamomlaganlik böyiça rasmiy sertifikat topşirildi.

«Endi haqiqatda özimni katta insondek his qildim. Men doim buni xohlardim», — deydi Kimmelstil.