Xayolotdan haqiqatga ötgan davrlar
Mavzu avvalida avtoulovlar evolyutsiyasiga bir nazar taşlab olsak. Ot va boşqa hayvonlarsiz harakatlanadigan maşinalar yoki samolyot va vertolyot haqidagi amaliy tasavvurlar 6 asr oldin yaşab ötgan italyan rassomi Leonardo da Vinçi çizmalarida uçraydi.

Undan keyin 18-asrda buğ bilan işlaydigan dvigatellar yaratilib, ular köçalarda harakatlana boşladi. Elektr tortiş kuçiga ega ilk motorning miniatura modeli esa 1828 yilda, deyarli 2 asr oldin vengriyalik Anyos Yedlik tomonidan ixtiro qilingan.

Ha, uni tölaqonli avtomaşina deb bölmaydi, albatta. Bu bosqiçga ötilmagan ham. Lekin bu ixtiro elektrokarlar yaratilişidagi turtkilardan biri edi. Muhimi, ilk qadam taşlandi.
6 yil ötadi. 1834 yilda amerikalik Tomas Devenport özining elektr moslamasini yaratadi. Şu yili olim işlanmasini aylanma yölda elektrlaştirilgan poyezd maketiga joylaştiradi. Bu ixtironi hali tasavvuriga ham siğdira olmayotgan mutasaddilar unga patent berişda juda ikkilanişadi va bu jarayon biroz keçikadi. Devenport patentga uç yildan keyin erişadi.

Boşqalar ham qarab turmaydi. Yuqoridagi Vengriya va Amerika olimlari bilan bir qatorda 1835 yilda gollandiyalik professor Sibrandus Strating va uning yordamçisi Kristofer Bekker uç ğildirakli, qayta zaryadlanmaydigan birlamçi galvanik elementlar tomonidan boşqariladigan kiçik elektr mexanizmini yaratdi.

Bu dunyodagi birinçi elektr avtomobilning oğirligi uç kilogrammdan oşmaydi. Batareya töliq zaryadlanganda u yigirma daqiqa yura oladi va 1,5 kilogramm yuk kötara olgan, xolos. Albatta, bu 1835 yil uçun yomon dizayn va ixtiro emasdi.
Bu paytda şotlandiyalik ixtiroçisi Robert Anderson ot aravasiga elektr motorini örnatiş böyiça tajriba ötkazdi. Uning hamyurti va adaşi Robert Devidson esa 6 km/soat tezlikda 2,4 km masofaga harakatlanuvçi hamda 6 tonna yuk kötara oladigan elektrovozni yaratdi. Bu esa odam tezligi bilan deyarli bir xil edi.
Elektromobillarning yangi davri
Yangi davr. 19-asr örtalaridan Amerika va Yevropa mamlakatlarida elektromobilllar yaratiş uçun kimözarlik kayfiyati boşlanib ketdi. 1858 yilda Gaston Plantening qörğoşinli akkumulyator ixtiro qilişi bu jarayonlarni yanada tezlaştirdi. 1881 yilda fransuz kimyo muhandisi Camiyel Alfonse For Gaston Plantening qörğoşin-kislota akkumulyatori dizaynini yanada yaxşiladi va uning quvvati sezilari darajada oşirildi.
Ana endi 1881 yildagi Parij xalqaro elektr körgazmasida fransuz ixtiroçisi Gustav Truv elektr motorli uç ğildirakli velosipedni taqdim etdi. Xuddi şu yili uning hamyurti Şarl Janto aravani akkumulyatorli elektr dvigatel bilan jihozladi va 1884 yildan 1906 yilgaça Janto brendi ostida tijoriy elektr öziyurar vagonlarni işlab çiqarişni yölga qöydi.
Inglizlar ham qarab turmadi. Ularning birinçi elektromobillari 1884 yilda Tomas Parker tomonidan işlab çiqarilgan. Öşa yillarda esa Londonda Uolter Burseyning bir martalik quvvati 48 km masofaga yetuvçi, 14,5 km/soat tezlikka ega akkumulyatorli elektr taksilari harakatlana boşladi. 1888 yilda Andreas Floken Germaniyada elektr motorli öziyurar aravaga asoslangan ilk elektromobilni yaratdi.
Amerikalik birinçi elektromobil esa 1891 yilda Uilyam Morrison tomonidan işlab çiqarilgan elektr batareyasi yordamida yasalgan. 6 örinli vagon 23 km/soat tezlikka erişa oldi va u rul bilan jihozlangan birinçi avtomobil edi.
1894 yil. Muhandis-mexanik Genri Morris va kimyogar Pedro Salom tomonidan Filadelfiyada işlab çiqilgan birinçi elektr taksilar Nyu-York köçalarida paydo böldi. Bu avtomobillar bir marta quvvatlanganda 40 km masofani bosib ötgan. Maksimal tezlik esa soatiga 32 km. Hozirgi elektr samokatlardan sal tezroq.
Köp ötmay, Amerikada bir quvvat bilan 22,5 km/soat tezlikda 80–128 km masofani bosib ötuvçi va 32 km/soat tezlik bilan 130 kilometr yöl bosa oladigan boşqa-boşqa elektromobillar köpayişni boşladi.
Rekordlar yangilanib, yaxşilanib bordi. 1898 yilda fransuz poygaçisi Gaston de Çasseloo-Lobat elektromobilda 68 km/soat tezlikka erişdi va keyingi yili bu rekord qariyb 106 km/soatga yetdi. 4 yil ötib, Valter Beykerning Torpedo elektromobili soatiga 161 km tezlikka erişdi.
1897 yilda Nyu-York taksi haydovçilari tijorat elektr aravalarining ilk xaridorlariga aylandi. Ba’zi manbalar ta’kidlaşiça, 1900 yilga kelib, AQŞdagi barça avtomobillarning çorak qismi elektr ulovlar bölgan va şu yillari elektromobillar içki yonuv dvigatelli an’anaviy maşinalardan köproq sotilgan.
Orqaga qaytiş davri
1900 yillarning boşida elektr avtomobillari, ayniqsa, oddiy avtomobillarning benzin hidini yoqtirmaydigan oqsuyak ayollar orasida maşhur edi. Şuningdek, “AQŞda benzin bilan harakatlanuvçi taniqli avtomobil işlab çiqaruvçilari öz uylari va ofislari örtasida harakatlaniş uçun elektromobillardan foydalanişadi" degan miş-mişlar ham tarqalgan.
Öşa yillarda boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilari “elektromobillar tannoz oyimçalarning maşinasi” degan gaplar bilan erkaklarning ğururini uyğotişga urinişni boşlaşdi. Sifatli yöllar qurilişi ortidan uzoq masofalarga harakatlaniş ommalaşib bordi. Bu esa quvvatlaş noqulay va uzoq vaqtni oladigan elektr ulovlarga talabni pasaytira boşladi.

Şu orada 1908 yili Ford özining yonilği bilan harakatlanadigan hamyonbop T rusumli maşinasini ommaviy işlab çiqara boşladi. Uning öşa paytdagi boşlanğiç narxi 825-850 dollar atrofida bölgan. Bu esa avtomobillarning şu davrdagi örtaça 1100-1700 dollarlik narxlaridan ançagina arzon edi. 1910 yilda AQŞda aholining yillik örtaça daromadi 574 dollar yoki oylik 48 dollar atrofida bölgan va bu istalgan odamda qimmat elektromobillar emas, balki, örta sinf uçun işlab çiqilgan Ford T modelini 1,5 yillik daromadiga xarid qiliş imkonini bergan.
Yangi neft manbalarining köpayib borişi ham şu davrga töğri keldi. Bu ham yetmaganday, maşinalar uçun elektr starter ham ixtiro qilinib, odamlar maşinani öt oldiriş uçun endi uning “quloğini burab qöyiş” maşaqqatidan qutulişdi. Elektrokarlarning qisqagina maşhurlik davri orqaga çekinib, ular bozorda öz örinlarini yonilğili avtomobillarga böşatib bera boşladi.
1912 yilda örtaça benzinli avtomobil 650 dollargaça tuşib, elektr transport vositasi esa 1750 dollarga sotilgan. Bir vazifani bajarsa-yu, lekin biri ikkinçisidan 3 baravar qimmat bölsa, elektr ulovlarni bundan buyoğiga kim ham xarid qilardi, töğrimi? Şu alfozda davom etgan inqiroz ortidan 1935 yilga kelib, şaharlarda elektr transport vositalari deyarli yöq bölib ketdi.
Qayta qiziqişning boşlanişi
Elektr avtomobillarga navbatdagi qiziqişlar 1970 yillardagi neft inqirozi tufayli paydo böla boşladi. Allaqaçon unutilib ulgurgan bu turdagi transport vositalarini amaliyotga qayta joriy qiliş böyiça yangi qonunlar kuçga kira boşladi, elektr dasturlar yaratişga tuşişdi, yoqilği tutunlaridan buzilgan ekologiya vaji bilan ham bu tajribaga qaytiş şart edi. Biroq yangi işlab çiqarilgan elektrokarlar bor-yöği 45 km/soat tezlikkaça olib çiqildi. Ular bir quvvat bilan 90 km masofagagina yura oldi. Bu hatto 50 yil oldingi tadqiqotlardan ham pastroq natijalar edi.

1974-1977 yillarda AQŞda şiddat bilan işlab çiqarila boşlangan Serbing Vanguard Citycar xuddi şunday quvvatga ega elektromobil edi. Bunday dizayn bilan avtomobil öz xaridorlarini qiziqtira olmagan ham bölsa kerak. Xuddi yaqinda Rossiya öz elektrokari taqdimotini qilgani kabi.
70-yillarning oxiriga kelib, elektr maşinalarga qiziqiş va talab unçalik bölmadi, keyingi 15 yillar davomida gaz bilan işlaydigan avtomobillar bozorda ustunlik qildi. Ammo 90-yillarning örtalarida yangi federal qoidalar avtomobil işlab çiqaruvçilarga maşhur modellarni elektr transport vositalariga özgartirib, benzinda harakatlanadigan maşinalardek tezlikka yaqinroq bölişga yordam berdi.
1996 yilda GM özining noldan işlab çiqilgan EV1 elektr transport vositasini çiqardi. 1997 yilda Toyota ommaviy işlab çiqarilgan Prius’ni taqdim etdi. 2000 yilga kelib ular butun dunyo böylab haydalib, maşhurlar orasida maşhur böldi va yana bir bor elektr transport vositalarining obrösini oşirdi.

Sohadagi eng katta yutuq 2006 yilda Kaliforniyadagi Tesla startapi – 300 km masofani bosib ötuvçi haşamatli elektr sport avtomobilini işlab çiqarişini e’lon qilganida yuz berdi. AQŞ Energetika departamenti ham qarab turmay, mamlakat böylab elektr ulovlar uçun tijorat va jamoat quvvatlovçi qurilmalari infratuzilmasini yaratdi.
2010 yilda Chevrolet özining sotuvdagi ilk plagin gibridi Volt avtomobilini, Nissan esa tölaqonli ekologik toza elektr avtomobil Leaf’ni işlab çiqardi.

Elektr avtomobilining eng qimmat qismi uning akkumulyatori bölib, u ham umumiy yuqori narx tufayli köplab avtomobil egalarini taşvişga solar edi. 2013 yilga kelib, AQŞ Energetika vazirligi elektr texnologiyalarini rivojlantirişga sezilarli darajada sarmoya kiritdi va 4 yil içida narxlarning deyarli 50 foizga pasayişiga erişdi. Bunday yutuqlar örtaça daromadli odam uçun elektr transport vositalarini yanada talabgor va jozibador qildi. Xuddi yuz yil oldingi kabi.
Bugungi raqamlar nima deydi?
Butun dunyoda odamlar avtomobillardan voz keçib, köproq piyoda, velosiped yoki jamoat transportlarida harakatlanişga ötayotgani jahon avtomobillar savdosining qisqarişiga sezilarli ta’sir qilmoqda. Xalqaro energetika agentligi hatto şunday şaroitda ham elektromobillar savdosi ösayotganidan xabar beradi. 2022 yilda elektr avtomobillar sotuvi 10 milliondan oşgan va bu 2021 yilga nisbatan 55 foizga köp. Ötgan 2023 yilda bu miqdor 14 millionga yetişi mumkinligi taxmin qilingan.
Global avtomobillarning umumiy savdosida elektr motorli transportlarning uluşi 2021 yildagi 9 foizdan 2022 yilda 14 foizga ösdi. Mazkur ösiş 2017 yildagi raqamlardan 10 baravarga ortiq.
Elektromobillar sotuvida yetakçilik Xitoy hissasiga töğri keladi. 2022 yilda jahon elektromobillari sotuvining 60 foizi u yerda amalga oşirilgan.

Keyingi gigantlar esa Yevropa Ittifoqi va AQŞ bölib, 2022 yili bu mamlakatlarda savdo mos ravişda 15 va 55 foizga oşdi. Havoning eng katta ifloslantiruvçilari Xitoy, Yevropa Ittifoqi va AQŞ ekani sababli elektr transport vositalarining köpayayotgani yaxşi yangilik deya baholanmoqda.
Dunyo böylab avtomobil işlab çiqariş sanoatining bunday tarixiy özgarişi global neft sanoatiga ham ta’sir qilmay qolmaydi, albatta.
“Biz guvoh bölayotgan tendensiyalar global neft talabiga sezilarli ta’sir körsatadi. Içki yonuv dvigateli bir asrdan köproq vaqt davomida tengsiz bölib kelmoqda, ammo elektr transport vositalari statusi ham özgarmoqda. 2030 yilga borib ular kuniga kamida 5 million barrel neftga bölgan ehtiyojning yöqolişiga sabab böladi”, deydi Xalqaro energetika agentligi ijroçi direktori Fotih Birol.
Sardorbek Usmoniy tayyorladi.











