SNE Research tomonidan jamlangan ma’lumotlar töliq elektrli avtomobillar (BEV), şuningdek, quvvatlanadigan gibridlar (PHEV)ni ham öz içiga oladi.
BYD'ning raqobatçilardan uzilib ketişi juda sezilarli böldi. Uning natijasi — 2,56 million maşina — Geely körsatkiçidan qariyb ikki baravar yuqori va Tesla'ning 985 minglik natijasidan ança oldinda. Bu esa kompaniyaning yil yakuni böyiça jahon yetakçisi maqomini mustahkamladi.
Reyting Xitoy avtosanoatining qudratini ham körsatadi. BYD va Geely'dan taşqari, eng yirik öntalikka SAIC Motor, Changan Automobile va Chery ham kirgan.

Içki bozordagi kuçli talab, yirik miqyosdagi işlab çiqariş va ta’minot zanjirlarining çambarças integratsiyasi xitoylik kompaniyalarga köplab ğarb raqobatçilaridan tezroq ösiş imkonini berdi.
Xitoyning yetakçiligi faqat içki bozor bilan çeklanib qolmayapti. Xitoy elektromobil işlab çiqaruvçilari eksportni faol ravişda oşirib, butun dunyo böylab “yaşil” texnologiyalar sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamlamoqda.
Ayniqsa, ularning iştiroki Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlarida yaqqol sezilmoqda. Şu bilan birga, global savdo muhiti asta-sekin Xitoy foydasiga özgarmoqda: qator davlatlar ekologik toza transportga ötişni tezlaştiriş maqsadida Xitoy elektromobillari importiga qöyilgan çeklovlarni yumşatmoqda.
Janubi-Şarqiy Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropaning ayrim rivojlanayotgan bozorlari tobora köproq arzon va ommabop xitoy elektromobillarini tanlamoqda. Ular proteksionizmdan köra narx va ommaboplikka ustuvor ahamiyat bermoqda. Bu esa Xitoy brendlarining xalqaro ekspansiyasini yanada tezlaştirmoqda.
Tesla hali ham amerikalik işlab çiqaruvçilar orasida eng yuqori örinda turgan kompaniya bölib qolmoqda, ammo uning uçinçi örni raqobat qançalik kuçayganini körsatadi. Top-10 röyxatidan, şuningdek, Volkswagen, BMW va Stellantis ham örin olgan. Biroq ularning sotuv hajmi Xitoydan ança past.
Boşqaça aytganda, elektromobil bozori tobora Kremniy vodiysidagi texnologik yorib ötiş haqidagi gaplardan köra, işlab çiqariş miqyosi böyiça musobaqaga köproq öxşab bormoqda. Va hozirça bu poygada aynan Xitoy ğolib kelmoqda.









