Jahon | 21:28 / 31.01.2024
40411
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh vizasi: 2023 yilda qancha o‘zbekistonlik rad javobini olgani ma’lum bo‘ldi 

O‘zbekiston rad javobini olish bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yomon ko‘rsatkichga ega. 

Foto: RBK

AQSh 2023 yilga mo‘ljallangan B1/B2 toifali noimmigratsion vizalarni berishni rad etish bo‘yicha rasmiy statistika ma’lumotlarini e’lon qildi. 

Davlat departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-moliya yilida (2022 yil 1 oktyabrdan 2023 yil 30 sentabrgacha bo‘lgan davr) O‘zbekistondan murojaat qilganlarning qariyb 60 foizi rad etilgan. 

Ta’kidlash joiz, viza rad etish darajasi B vizasiga ariza topshirganlar soniga nisbatan hisoblanadi. 

2023 yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida viza rad qilish ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘lgan:

- O‘zbekiston – 59,56 foiz;

- Tojikiston – 54,96 foiz;

- Turkmaniston – 51,10 foiz;

- Qozog‘iston – 41,93 foiz;

- Qirg‘iziston – 41,54 foiz. 

Dunyo bo‘yicha fuqarolari eng ko‘p rad javobini olgan davlatlar:

- Mikroneziya, Palau va KXDR - 100 foiz;

- Liberiya - 78,19 foiz;

- Laos - 72,79 foiz;

- Ruanda - 71 foiz;

- Somali - 69,89 foiz;

- Jibuti - 68,37 foiz;

- Nikaragua - 65,6 foiz. 

Fuqarolari eng kam rad javobini olgan davlatlar:

- Qatar – 2,53 foiz;

- Urugvay - 3,21 foiz;

- Isroil - 3,3 foiz;

- Kuvayt - 3,96 foiz;

- Lyuksemburg - 4,22 foiz;

- Sulaymon orollari - 4,35 foiz;

- Malayziya – 4,43 foiz;

- Kipr - 4,48 foiz;

- Islandiya – 4,54 foiz.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid