Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Iordaniyadagi bazasiga qilingan hujumga javoban Iroq va Suriyaga zarba beradi – OAV
Ob-havo sharoiti zarba berish vaqtini belgilovchi asosiy omil bo‘lishi ta’kidlanmoqda.
Vashington Iordaniya shimoli-sharqidagi Amerika bazasiga uchuvchisiz samolyotlar tomonidan uyushtirilgan hujumga javoban Iroq va Suriyadagi nishonlarga zarba berish rejalari bo‘yicha kelishib oldi. Bu haqda CBS News xabariga tayanib, Interfax xabar berdi.
«Bir necha kun davomida Iroq va Suriyadagi ma’lum nishonlarga, jumladan, Eron xodimlari va inshootlariga bir qator zarbalar berish rejalari tasdiqlandi», deyiladi telekanal xabarida.
Telekanal suhbatdoshlarining qayd etishicha, ob-havo sharoiti zarba berish vaqtini belgilovchi asosiy omil bo‘ladi.
«AQSh armiyasi yomon ob-havo sharoitida zarba berish imkoniyatiga ega, biroq hududdagi tinch aholini beixtiyor nishonga olishdan himoya qilish uchun nishonlar yaxshi ko‘rinadigan sharoit muhim», deb yozdi CBS News.
Vashingtonning fikricha, Iordaniyadagi bazaga «Iroq islomiy qarshiligi» harbiylashgan guruhi tomonidan zarba berilgan. Bu haqda AQSh Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Jon Kirbi ma’lum qilgan edi.
28 yanvar kuni AQSh Markaziy qo‘mondonligi Iordaniya shimoli-sharqidagi harbiy bazaga uchuvchisiz samolyot hujumi sodir etilgani haqida xabar berdi. Oqibatda 3 nafar amerikalik askar halok bo‘ldi, yana 34 nafari yaralandi. Eron bu zarbaga aloqadorligini rad qildi.
CBS News xabariga ko‘ra, Yaqin Sharqdagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan bir qator guruhlar Isroil va HAMAS o‘rtasidagi janglar fonida AQSh va Isroil bilan bog‘liq nishonlarga hujum qilishni boshlagan.
Mavzuga oid
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026
Shveytsariyadagi muzokaralardan so‘ng Eron nefti uchun yo‘l ochildi
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
13:28 / 22.06.2026