AQSh maxsus xizmati sobiq xodimi maxfiy ma’lumotlarni sizdirgani uchun 40 yilga qamaldi
Joshua Shulte mudofaa ma’lumotlarini noqonuniy yig‘ish va uzatish, kompyuterni buzib kirish jinoyatini sodir etgan deb topildi.
AQSh sudi Markaziy razvedka boshqarmasining (MRB) sobiq xodimi, dasturchi bo‘lib ishlagan 35 yoshli Joshua Shulteni WikiLeaks tarmog‘iga maxfiy ma’lumotlarni sizdirgani uchun 40 yillik qamoq jazosiga hukm qildi.
Shulte milliy mudofaa ma’lumotlarini noqonuniy yig‘ish va uzatish, kompyuterni buzib kirish, Federal Qidiruv Byurosiga yolg‘on bayonotlar berish, sudga hurmatsizlik va bolalar pornografiyasini saqlashda aybdor deb topildi.
Shulte 2012-2016 yillarda MRB kiber razvedka markazida dasturchi bo‘lgan va kiber vositalarni yaratishda foydalaniladigan serverlardan birini boshqargan. 2016 yil bahorida ishdagi mojaro tufayli boshqa bo‘limga o‘tkazilgan va serverga kirish huquqi bekor qilingan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Shulte o‘z o‘rniga boshqa dasturchi olinishini bilib, «darg‘azab bo‘lgan».
Shundan so‘ng serverga kirib, kiber vositalar va dastlabki kodni o‘g‘irlagan. So‘ngra, uy kompyuteridan fayllarni WikiLeaks loyihasiga sizdirgan. 2017 yil mart oyida WikiLeaks Shulte uzatgan fayllarni oshkor qila boshlagan.
FQB bilan suhbatlar davomida Shulte ma’lumotlar o‘g‘irlanishiga aloqadorligini rad etib, yolg‘on bayonotlar bergan. Bundan tashqari, prokurorlarning ta’kidlashicha, dasturchining kompyuteridan bolalar pornografiyasiga oid materiallar topilgan.
Prokurorlar Shultening maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlashini MRB tarixidagi ma’lumotlarning eng katta sizib chiqishi, uning WikiLeaks loyihasiga fayllarni uzatishini esa AQSh tarixidagi maxfiy ma’lumotlar ruxsatsiz oshkor qilingan eng yirik hodisa deb atadi.
Mavzuga oid
23:25 / 20.09.2024
AQSh prezidentligiga nomzodlar xavfsizligi kuchaytirilishi mumkin
18:08 / 20.09.2024
Amerikada erkak 18 yil birovning “svet”iga pul to‘lab kelgani aniqlandi
12:30 / 20.09.2024
AQSh Rossiya va KXDRning beshta yuridik va jismoniy shaxsiga qarshi sanksiyalar kiritdi
10:28 / 20.09.2024