Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanma olishning yangi moduli ishga tushiriladi
Yangi tizim «FHDYo yagona elektron arxivi», «Pensiya jamg‘armasi», «TIEK» bazalariga to‘liq integratsiyalashgan bo‘lib, barcha ma’lumotlar onlayn ravishda olinadi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun sanatoriylarga yo‘llanma uchun navbatga olishning yangi IHMA Sanatoriya moduli ishga tushiriladi.
Bundan asosiy maqsad tizimni raqamlashtirish, shaffoflikni ta’minlash, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish orqali tizimni yanada takomillashtirishdan iborat, deb xabar berdi agentlik.
Yangi modulning bir qancha afzalliklari borligi ta’kidlanmoqda. Jumladan:
- Yangi tizim «FHDYo yagona elektron arxivi», «Pensiya jamg‘armasi», «TIEK» bazalariga to‘liq integratsiyalashgan bo‘lib, barcha ma’lumotlar onlayn ravishda olinadi. Mazkur integratsiya murojaat qilgan shaxslarning haqiqiy holatini, ularga belgilangan pensiya va nogironlik darajasini avtomatik tarzda aniqlash imkonini beradi.
- Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari, Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali yoki «Yagona milliy ijtimoiy himoya» ATdagi shaxsiy kabineti orqali topshirish imkoni bo‘ladi.
- Yangi tizimda Inson ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlariga markazdan yoki sayyor ravishda sanatoriylarga yo‘llanma uchun arizalarni kiritish imkoniyatlari yaratiladi;
- Barcha kelib tushayotgan arizalar toifasi bo‘yicha ajratiladi, alohida bo‘limda navbatga olinadi hamda toifalarga ajratilgan rejadan kelib chiqib yo‘llanma ajratiladi.
SMS-xabarnoma tizimi joriy etiladi, navbati kelgan shaxsga 20 kun ichida aloqa vositalari orqali xabar beriladi.
Yo‘llanmalar amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin beriladi.
Tizim 9 fevraldan boshlab ishga tushirilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid

22:16 / 29.03.2025
Rossiyada qarovsiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga qaytarildi

16:23 / 17.03.2025
Parvarishga muhtoj bo‘lganlarga qarab turish xizmati ishga tushirildi

18:07 / 04.03.2025
Kambag‘al oilalarga yordam ijtimoiy shartnoma asosida ko‘rsatiladi

17:04 / 15.11.2024