Loyihada vasiylik va homiylikni “yagona nuqta” tamoyili asosida taşkil etiş, professional vasiylik institutini joriy qiliş, mulkiy huquqlarni himoya qiliş va sohada iştirok etuvçilarning bilim va salohiyatini oşiriş asosiy maqsadlar sifatida belgilangan.

Hujjatga köra, 2026 yil 1 iyundan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan vasiy va homiylar faoliyati doimiy monitoring qilib boriladi. Monitoring doirasida:

  • vasiy va homiylar majburiyatlarining bajarilişi;
  • vasiylikdagi şaxslarning yaşaş şaroiti, soğliği va ta’minoti;
  • ularning mol-mulkini boşqariş va mulkiy manfaatlarni himoya qiliş;
  • zöravonlik holatlarini erta aniqlaş va zarur çoralar köriş kabi masalalar örganiladi.

Şuningdek, 2026 yil 1 oktyabrdan şaxsni muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati çeklangan deb topiş va unga vasiy yoki homiy tayinlaş masalalari sudda bir vaqtning özida hal etilişi rejalaştirilmoqda. Vasiy topilmagan hollarda “Inson” markazlari vaqtinça vasiylik funksiyalarini bajaradi.

Loyihaga muvofiq, vasiylik va homiylik belgilaşda davlat organlari örtasida ma’lumot almaşinuvi “Raqamli hukumat” platformasi orqali amalga oşiriladi, sud qarorlari esa monitoring uçun tegişli tartibda ijtimoiy xizmatlar markazlariga yuboriladi.

Hujjatda vasiylikdagi şaxslarning mol-mulkiy huquqlarini himoya qilişga qaratilgan normalar ham nazarda tutilgan. Jumladan, muomalaga layoqatsiz deb topilgan şaxslarga tegişli yagona turar joyni tasarruf etiş taqiqlanişi belgilanmoqda.

Qaror loyihasi ijrosini taşkil etiş böyiça mas’ullar belgilanib, ijro nazorati hukumat tomonidan amalga oşirilişi közda tutilgan.