Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xalqaro sud Ukrainaning Rossiya ustidan bergan da’vosini ko‘rib chiqadi
Ukraina Rossiyani urushni oqlashda foydalanayotgan «genotsid» atamasini atayin buzib talqin qilganlikda ayblamoqda.
Niderlandiyaning Haaga shahrida joylashgan Xalqaro sud Ukrainaning Rossiyaga qarshi da’vosini qabul qildi. Unda Rossiya rasmiylari Ukrainaga bostirib kirishni «rus xalqining genotsidi» bilan oqlagani, aslida esa unday emasligi ta’kidlangan. Ukraina Rossiyani «genotsid» atamasini atayin buzib talqin qilganlikda ayblamoqda.
Da’vo Rossiyaning 2022 yil fevralida Ukrainaga to‘liq miqyosda bostirib kirishidan bir necha kun o‘tib topshirilgan. Biroq, sud faqat ishning bir qismini ko‘rib chiqish vakolatiga ega degan xulosaga kelgan. Sudyalar Ukrainaning Rossiya bosqini 1948 yilgi genotsid haqidagi konvensiyani buzgani haqidagi da’vosini rad etgan.
16 nafar sudyadan iborat hay’at Ukraina sharqidagi, hozir Rossiya tomonidan ishg‘ol qilingan Donetsk va Lugansk viloyatlarida Ukraina rus millatiga qarshi genotsid sodir etgani yoki yo‘qligi haqida qaror chiqarishi lozim.
«Sud Rossiya tomonidan da’vo qilinayotgan qandaydir afsonaviy genotsid uchun Ukraina javobgar emasligi haqida qaror chiqarishi muhim», dedi Ukraina vakili Anton Korinevich.
Shuningdek, u 2022 yil martdagi favqulodda sud qarori - Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyotlarini zudlik bilan to‘xtatish to‘g‘risidagi qarori o‘z kuchini saqlab qolishini ta’kidladi.
Xalqaro sud qarorlari qat’iy va qonuniy kuchga ega bo‘lsa-da, ularning ijro etilishini ta’minlash imkoniyati yo‘q. Ba’zi davlatlar, masalan, Rossiya bu qarorlarni tan olmaydi.
Mavzuga oid
10:25
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
20:04 / 08.06.2026
Kiyevga Zelenskiy bilan uchrashuvga borgan rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich bo‘lib chiqdi
10:25 / 08.06.2026