2023 yilda o‘zbekistonliklar 3 milliondan ortiq marta Rossiyaga bordi
FXX Rossiyaga sayohat qilgan xorijliklar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qildi.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida chet el fuqarolarining Rossiyaga sayohatlari soni 2022 yilning shu davriga nisbatan 18,6 foizga oshdi. Bu haqda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FXX) statistika ma’lumotlariga tayanib, RBK xabar berdi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ikkinchi o‘rinda qayd etilgan.
O‘tgan yili chet elliklar Rossiya chegarasini 15,4 million marta kesib o‘tgan bo‘lsa, 2022 yilda kirib kelganlar soni 13 millionga yaqinni tashkil qilgan.
FXX statistikasi Rossiya chegarasini kesib o‘tishlar sonini hisobga oladi. Metodikaga ko‘ra, agar chet el fuqarosi hisobot davrida mamlakatga bir necha marta kirgan bo‘lsa, shuncha marta hisobga olinadi. FXX sayohat maqsadlarini quyidagicha taqsimlaydi: biznes maqsadi, ish, turizm, shaxsiy maqsad, o‘qish, doimiy yashash, shuningdek, transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va harbiy xizmatchilar.
2023 yilda chet el fuqarolari Rossiyaga asosan qo‘shni davlatlardan kelgan. Kirish bo‘yicha Qozog‘iston fuqarolari yetakchi bo‘ldi – u yerdan sayohatlar soni 26,7 foizga oshib, 3,16 millionni tashkil etdi. O‘zbekiston (3,11 mln, +52 foiz) va Tojikistondan (2,15 mln, +36 foizga) kelgan oqim yillik hisobda sezilarli darajada oshgan.
Uzoq xorij davlatlari orasida Xitoy (0,79 mln, +508,9 foiz) va Mo‘g‘uliston (0,31 mln, +79,2 foiz) yuqori o‘ntalikka kirdi.
2023 yilning yanvar-dekabr oylarida xorijliklar Rossiyaga turistik maqsadlarda 670,7 ming marta kirgan - bu o‘tgan yilga nisbatan 3,5 barobar ko‘p (200 ming). Xitoydan tashqari, yuqori beshtalikka Germaniya, Turkiya, BAA va Turkmaniston ham kirgan.
Mavzuga oid
20:43
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi
19:33
Rossiyada migrant bolalarning rus tilini bilish darajasi tekshirilishi mumkin
17:53
O‘zbekiston oltin ishlab chiqaruvchi davlatlarning yetakchi o‘ntaligiga kirdi
21:00 / 12.11.2024