Prezident Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga e’tiroz bildirdi
Davlat rahbari raisligida o‘tayotgan yig‘ilishda qayd etilishicha, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan, ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.
Prezident raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Ma’lum qilinishicha, soha uchun mas’ul 13 ta vazirlik va idora hamda 223 nafar hokim o‘rinbosari bor. Lekin ta’lim, tibbiyot, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalaridagi islohotlarning joylardagi ijrosini ta’minlashda kamchiliklar yo‘q emas.
“Masalan, maktabgacha va maktab ta’limida erishilgan katta o‘zgarishlar bilan bir qatorda bog‘cha bilan maktab, maktab bilan kollej va oliygoh o‘rtasida uzviylik yetarli darajada emas.
Mahalla raisi maktabda tarbiya va davomat masalalari, ota-onalar bilan hamkorlik qilish bilan qiziqmasa, tuman hokimlari, yoshlar va ijtimoiy masalaga mas’ul o‘rinbosarlari maktabda ma’naviyat va sport tadbirlarini tashkil etishga e’tiborsiz bo‘lmoqda” degan prezident.
Davlat rahbari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga ham e’tiroz bildirdi.
“Professional ta’lim uchun mas’ul idoralar ko‘payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarur.
Oliy ta’limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga yetarli e’tibor qaratilmayapti.
Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar yetishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi”, degan ta’kidlagan Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbariga ko‘ra, ilm-fan va innovatsiyalarga yetti yilda 6 trln so‘mdan ziyod mablag‘ ajratilgan. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayapti.
Qayd etilishicha, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik yetishmayapti. Shu bois, oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar bo‘yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta’limda keskin o‘zgarish qilish vazifasi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024
Har bir ona va bola o‘limi favqulodda holat sifatida baholanadi - prezident
14:13 / 05.02.2024