1 maydan boshlab Toshkent metrosining “Yer usti halqa yo‘li” yo‘nalishida poyezdlar soat 5:00 dan harakatlana boshladi.
Bungacha metropolitenning boshqa yo‘nalishlaridan farqli ravishda, yer usti halqa yo‘lidagi bekatlar soat 6:00 dan ish boshlar edi.
Shu bilan birga, bu liniyaning ish vaqti bundan keyin ham 23:00 gacha bo‘lib qoladi. Qolgan barcha yo‘nalishlarda poyezdlar tungi 00:00 gacha harakatlanadi.











