Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyadagi zilzila paytida qulagan uyni qurgan pudratchi 18 yilga qamaldi
Bu qaror zilzila oqibatida binolarning qulashi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarga nisbatan birinchi hukm bo‘ldi.
Turkiyadagi halokatli zilzila paytida qulab tushgan uyni qurgan pudratchi Muslim Demirer 18 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Mamlakatda bir yil avval sodir bo‘lgan dahshatli zilzila paytida mintaqadagi uylarning vayron bo‘lishi bo‘yicha sud jarayonlari hamon davom etmoqda. Demirerga nisbatan chiqarilgan qaror zilzila oqibatida binolarning qulashi uchun javobgar bo‘lgan shaxslarga nisbatan birinchi hukm bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, Shonliurfadagi uyning qulab tushishi oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan. Bino qurilishiga mas’ul bo‘lganlardan uch nafari zilziladan oldin vafot etgan.
Dastlab sud Muslim Demirerni 21 yil 9 oyga ozodlikdan mahrum qildi. Biroq, Demirerning o‘g‘li ham zilzila paytida uy qulashi oqibatida halok bo‘lgan. Sud ushbu holatni inobatga oldi va pudratchiga berilgan muddatni qisqartirdi. Prokurorlar va marhumning yaqinlari suddan Demirerga eng oliy jazo tayinlashni so‘ragan edi.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yil 6 fevralida Turkiyaning janubi-sharqida, episentri Qahramonmarashda bo‘lgan 7 magnitudali ikkita yirik zilzila sodir bo‘lgan. Zilzilalar mamlakatning 10 ta provinsiyasida, shuningdek, qo‘shni davlatlarda, jumladan Suriyada ham sezilgan. Turkiyada dahshatli zilzila qurbonlari soni 50 mingdan oshgan.
Mamlakatda zilzila paytida turar-joy binolarining qulashi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida 269 kishi hibsga olindi. Ular qurilish me’yorlariga amal qilmaganlikda ayblanmoqda.
Zilzila oqibatida yetkazilgan moddiy zarar ikki trillion turk lirasini (105 milliard dollar) tashkil qildi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026