XVJ eksperti: Rossiya iqtisodiyotida «qizib ketish» alomatlari kuzatilyapti
Rossiyaning Ukrainaga qarshi hujumi boshlanganidan keyin G‘arb Rossiyaga qarshi keng qamrovli sanksiyalar kiritdi. Biroq, Rossiya iqtisodiyoti barqarorligicha qolmoqda. XVJ bu borada tushuntirish berdi.
Xalqaro valuta jamg‘armasi (XVJ) ma’lumotlariga ko‘ra, Ukrainaga qarshi urush boshlanganidan keyin Moskvaga qarshi G‘arb tomonidan kiritilgan sanksiyalar fonida Rossiya iqtisodiyoti o‘zining o‘sish sur’atlari bilan «hayratga soldi». Bu haqda 22 fevral, payshanba kuni Vashingtonda XVJ aloqalar bo‘yicha direktori Juli Kozak ma’lum qildi. «Bu harbiy iqtisod, - deya aniqlik kiritdi u. - Rossiya iqtisodiyoti ishlab chiqarishga turtki beruvchi harbiy xarajatlarning yuqori ulushiga ega». Bundan tashqari, iste’molning oshishiga hissa qo‘shadigan bir qator «ijtimoiy transfertlar» mavjud, deya qo‘shimcha qildi Kozak.
Biroq, hozirgi vaqtda iqtisodiyotning «haddan tashqari qizib ketishi» belgilari ham mavjud - masalan, inflatsiya o‘sishi - bu o‘rta muddatli istiqbolda Rossiya iqtisodiy o‘sishining sekinlashishiga olib kelishi mumkin, deb hisoblaydi Kozak. Voqealar bunday rivojlanishiga sabab sifatida u mamlakatning xalqaro moliya tizimidan uzilganligini va texnologiyadan foydalanish imkoniyati juda cheklanganligini keltirdi. Bundan tashqari, «Rossiya inson kapitali nuqtayi nazaridan yuqori malakali ishchi kuchining bir qismini yo‘qotdi», deb ta’kidladi ekspert.
Yanvar oyida XVJ 2024 yilda Rossiya iqtisodiyoti o‘sishini 2,6 foiz darajasida prognoz qildi, bu o‘tgan kuzda kutilganidan 1,5 foizga yuqori. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, prognozni yuqoriga qarab qayta ko‘rib chiqishga ish haqi oshishi bilan qo‘llab-quvvatlanadigan yuqori harbiy xarajatlar va shaxsiy iste’mol sabab bo‘lgan. Kelgusi yilda XVJ Rossiya iqtisodiyoti 1,1 foizga o‘sishini bashorat qilmoqda.
Nemis mutaxassisi: Rossiya iqtisodiyoti urushdan keyin tanazzulga yuz tutadi
Rossiya Federatsiyasidagi hozirgi iqtisodiy o‘sish faqat «Ukrainada yangilarini yaratish uchun yo‘q qilingan» qurol ishlab chiqarishning o‘sishi bilan bog‘liq», deydi Oksford universitetining iqtisod professori, Rossiya, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo bo‘yicha ekspert Maykl Roxlits Germaniyaning n-tv kanaliga bergan intervyusida. Uning ta’kidlashicha, Rossiyada qurol ishlab chiqarishning o‘sishi iqtisodiyotda ijobiy omil sifatida qabul qilinsa-da, bu «kelajakka sarmoya emas» va bunday iqtisodiyot «urush tugagach, qulab tushadi».
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
Mavzuga oid

21:02
Rossiyaning birinchi tashqi ishlar vaziri «chet el agenti» deb e’lon qilindi

20:39
Rossiyada taksi ilovalarida migrant haydovchini rad qilish funksiyasi joriy qilinishi mumkin

20:19
Tramp Rossiyani Ukraina bilan urushni tugatish uchun «harakatni boshlashga» chaqirdi

18:48