07:33 / 24.02.2024
1561

Kuba va Avstraliya elchisi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziriga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi

Kuba va Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. 

Foto: TIV

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri xabariga ko‘ra, Kubaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Karlos Valdes de la Konsepsyon bilan o‘zaro munosabatlarni qator sohalarda yanada rivojlantirish, ayniqsa, tovar va xizmatlar eksportini rag‘batlantirish masalalari muhokama qilingan.

Shuningdek, Avstraliyaning O‘zbekistondagi elchisi Jon Giring bilan uchrashuv kun tartibi o‘zaro savdoni kengaytirish, hamkorlikning yangi imkoniyatlarini izlash hamda ayrim mintaqaviy va xalqaro masalalarni qamrab olgan.

Mavzuga oid
Top