Bu röy berdi. Özbekistonlik 20 yoşli himoyaçi Abduqodir Husanov nihoyat «Mançester Siti» futbolçisiga aylandi. Tomonlar 2029 yil yoziga qadar amal qiluvçi şartnomani imzolaşgan.

«Lans» safidan tumanli albionga ötgan futbolçi öziga bir vaqtlar Mario Balotelliga tegişli bölgan 45-raqamli futbolkani tanladi. Uning özi klub saytiga bergan intervyusida bu raqamni tanlaşi Belarusda professional futbolni boşlaganida şu 45-raqamda öynagani bilan izohlagan.

U intervyuda «Mançester Siti»da dunyoning eng yaxşi futbolçilari yiğilgani va ular bilan birgalikda maydonga çiqişini sabrsizlik bilan kutayotgani, Pep Gvardiolani — barça davrlarning eng yaxşi murabbiylaridan deb bilişini va undan öz öyinini yaxşilaş uçun köp narsa örganiş imkoniyatiga ega bölayotganidan mamnunligini ta’kidlab ötgan. «Men va oilam uçun bunday buyuk klubga qöşiliş katta faxr beradi va men bu çaqiriqqa tayyorman», — degan futbolçi.

15 klub qiziqqan, jumladan «Real» ham

Husanov yangi mavsum boşida porlay boşladi va «Lans» mudofaasi yetakçisiga aylandi. Dekabrga kelib u Yevropaning top-klublari nazariga tuşdi, fransuz naşrlari dastlab «Çelsi» va «Nyukasl» tomonidan qiziqiş haqida xabar berişdi, yanvar oyiga kelib Sky Spors da’vogarlar röyxatiga «Mançester Siti»ni qöşdi, Ispaniyaning AS naşri esa — Madrid «Real» klubini. Şuningdek, OAVda «Yuventus», «Milan», «Bayyer», «Borussiya», «Tottenhem», «Leypsig» va boşqa klublar ham futbolçi uçun kuraşga qöşilgani töğrisida xabarlar çiqib turdi — bunday klublar soni 15 ga yaqin edi.

Köp ötmay haqiqiy da’vogarlar ikkita ekani oydinlaşdi — «Real» va «Siti». Mançester klubi bu qişda inqirozdan çiqiş maqsadida keng kölamli xaridlarni amalga oşirmoqda va ma’lumotlarga köra, buning uçun 200 million yevro sarflaşga tayyor. Husanov uşbu strategiyaning bir qismi böldi: u mudofaa markazidagi muammolarni yopişga çaqirilgan.

«Real»ga ham himoyaçi kerak edi: Eder Militaoning jarohati klubni muhim futbolçisiz qoldirdi, uning örniga körib çiqilgan «Tottenhem»dagi Mikki van de Ven yoki «Leypsig»dagi Kastello Lukeba nomzodlari esa qimmatlik qildi (60 million yevrodan).

«Siti» bu raqobatda ğolib çiqişida ham moliya asosiy rolni öynagan bölişi mumkin. Nufuzli insayder Fabritsio Romano bergan ma’lumotga köra, «şaharliklar» transfer uçun «Lans»ga 40 million yevro tölaydi, bonuslar bilan bu miqdor 50 million yevroga yetişi mumkin. «Real» katta ehtimol bilan bunday taklif bera olmagan.