Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung qo‘lga taqiladigan egiluvchan smartfonni namoyish etdi
Cling Band – bu bir qurilmaga birlashtirilgan smartfon va aqlli soat.
Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi MWC 2024 texnologik ko‘rgazmasida bilaguzukka aylanadigan moslashuvchan smartfon konsepsiyasini namoyish etdi. Yangi mahsulot Cling Band deb nomlanadi.
Samsung Cling Band – bu bir qurilmaga birlashtirilgan smartfon va aqlli soat, deb yozdi Android Headlines. U oddiy smartfon hajmidagi egiluvchan OLED displey bilan jihozlangan. Yig‘iladigan mexanizm tufayli uni bilakka o‘rash va ulkan displeyli soatga aylantirish mumkin.


Avvalroq, Motorola ham shunga o‘xshash narsani ko‘rsatgan edi. Ammo Samsung konsepsiyasi yurak urish tezligi sensorini ham o‘z ichiga oladi, ya’ni u ham fitnes-trekerning bir turi. Orqa kamera ham mavjud, ammo uning o‘lchamlari haqida hech narsa ma’lum emas. Konseptli telefonning xususiyatlari ham oshkor etilmagan.
Bu konseptual qurilma bo‘lgani uchun narx yoki ishlab chiqarish sanasi yo‘q. Ammo, mutaxassislar fikriga ko‘ra, yaqin yillarda yangi shakl omillarida moslashuvchan smartfonlar, shu jumladan, bir vaqtning o‘zida smartfon va soat sifatida foydalanish mumkin bo‘lganlarni ko‘rishimiz mumkin.
Mavzuga oid
20:12
AQSh hukumati xorijliklarning Anthropic SI modellaridan foydalanishiga qo‘yilgan taqiqni bekor qildi
20:41 / 30.06.2026
Yangi Samsung Galaxy 2026 yilning "eng bema’ni" smartfoni deb topildi
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
20:13 / 24.06.2026