O‘zbekiston | 20:33 / 04.03.2024
7040
5 daqiqa o‘qiladi

Prezident «Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi

Bir qancha xotin-qizlar davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Ularga diplom, ko‘krak nishoni va pul mukofoti beriladi. 

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzuridagi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi taklifiga ko‘ra, a’lo xulqi, noyob iste’dodi, zukkoligi, tashabbuskorligi, o‘qishdagi muvaffaqiyatlari hamda ta’lim, fan, adabiyot, san’at, madaniyat, sport sohalarida va jamoatchilik faoliyatida erishgan alohida yutuqlari uchun quyidagilar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risida prezident qarori imzolandi. 

Taqdirlanganlar quyidagilar: 

Xudaybergenova Gulshinar Jangabayevna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 1-bolalar musiqa va san’at maktabining baxshichilik sinfi o‘qituvchisi 

Kokanova Nursuliu Jyenisbay qizi - Qoraqalpoq davlat universitetining chet tillari fakulteti filologiya yo‘nalishi 4-bosqich talabasi 

Suleymanova O‘g‘ilxon Abdurazok qizi - O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati bo‘limi artist-maqomchisi 

Jonibekova Xusniyobonu Ergashvoy qizi - Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani «Gara guri» mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi 

Pulatova Mohichexra Temirovna - Buxoro davlat universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti 

To‘xtamishova Gulnora Mels qizi - Buxoro viloyati Romitan tumanidagi 2-kasb-hunar maktabining informatika fani o‘qituvchisi 

Chilmurzayeva Maftuna Abdumannon qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchisi (Jizzax viloyati) 

Xojiboqiyeva Niginaxon O‘tkir qizi - O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali psixologiya fakulteti iqtisodiyot yo‘nalishi 3-bosqich talabasi 

Hakimova Shahzoda Bahriddin qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 1-bosqich talabasi (Qashqadaryo viloyati) 

Mirzayorova Sevara Ubaydullayevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining sanoat issiqlik energetikasi ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti 

Eshpo‘latova Mohira O‘tkirjon qizi -Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi 34-umumiy o‘rta ta’lim maktabining o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi (Navoiy viloyati) 

Omonboyeva Meruyert Erkin qizi - Navoiy viloyati Nurota tumanidagi «Qosimqaji-Meruyert» mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori 

Xakimova Dilshoda Oybek qizi - O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi (Namangan viloyati) 

Ahmadjonova Muhayyojon Akramjon qizi - Toshkent tibbiyot akademiyasining davolash fakulteti 6-bosqich talabasi (Namangan viloyati) 

Savadyan Vilana Arsenovna - Samarqand viloyati Samarqand shahridagi 51-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinf o‘quvchisi, badiiy gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi 

Yunusova Nargiza Tuychimurod qizi - Samarqand viloyati Tayloq tumani «Qo‘shchinor» gazetasi muxbiri 

Akramova Sarvinoz Abduvohid qizi - Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi (Sirdaryo viloyati) 

Irisqulova Kamola Normat qizi - Toshkent davlat transport universitetining avtomobil yo‘llarini loyihalash va qurish mutaxassisligi bo‘yicha 1-bosqich magistranti (Sirdaryo viloyati) 

Ergashova Sadoqat Eshmamat qizi - Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining o‘zbek adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktoranti (Surxondaryo viloyati) 

Suyunova Shamsiqamar Iskandarovna - Ro‘zi Choriyev nomidagi Surxondaryo viloyati ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatining 11-sinf o‘quvchisi 

Tursunboyeva Fotima Botir qizi - Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri opera ijrochisi (Toshkent viloyati) 

Xaqnazarova Umida Ural qizi - Toshkent davlat agrar universitetining ipakchilik mutaxassisligi bo‘yicha 2-bosqich magistranti 

Abdusattorova Ziyodaxon Dilshodjon qizi - Farg‘ona viloyati yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining kamondan otish bo‘yicha sportchisi 

Yo‘ldasheva Muxayyoxon Alisher qizi - Farg‘ona politexnika institutining qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi 

Shomurotova Zulfiya Akmaljon qizi - Xorazm viloyati Xiva shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi 

Sapayeva Risolat Rustam qizi - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining Urganch filiali xoreografiya fakulteti 2-bosqich talabasi 

Tosheva Marjana Rustam qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining vokal va cholg‘u ijrochiligi pedagoglarini tayyorlash kafedrasi o‘qituvchisi 

Trashkova Yelizaveta Dmitriyevna - O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining xoreografiya san’ati fakulteti 1-bosqich talabasi 

Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanganlarga 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkaziladigan bayram tantanalarida sovrindorlik diplomi va ko‘krak nishoni topshiriladi. Shuningdek, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (17 mln so‘m) miqdorida pul mukofoti beriladi.

Mavzuga oid