O‘zbekiston | 10:18 / 11.03.2024
4783
3 daqiqa o‘qiladi

12 mart kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi

«O‘zgidromet» 12 mart, seshanba kuni uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7...+9 daraja, kunduzi +9...+11 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi -3...+2 daraja, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +7...+12 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +8...+13 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +9...+14 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +5...+10 daraja, kunduzi +12...+17 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi +0...+5 daraja bo‘ladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid