Qozog‘iston Orol dengizi atrofida saksovul ekiladigan maydonlarni ko‘paytirmoqchi
Qozog‘iston hukumati yaqin kunlarda Orol dengizida saksovul ekiladigan maydonni 1,5 million gektarga yetkazmoqchi. Shu maqsadda o‘rmon xo‘jaligiga katta mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

Foto: Kazinform
Dunyodagi eng yirik ekologik ofat markazi hisoblangan Orol dengizining 6 million gektar maydoni sho‘rlangan bo‘lib, uning 2,8 million gektari Qozog‘iston hududiga to‘g‘ri keladi. Qozog‘iston va O‘zbekiston uning oqibatlarini bartaraf etish uchun birgalikda harakat qilmoqda.
Qayd qilinishicha, Qozog‘iston Orol dengizi suvi qaytib ketgan joylarga intensiv ravishda saksovul ekmoqda. Mustaqillik yillarida 900 ming gektardan ortiq maydonga chigit va ko‘chat ekilgan. Shuningdek, 13 yil avval 1 million tup ko‘chat tayyorlaydigan ko‘chatxona barpo etilgan bo‘lsa, endi keyingisini qurish ishlari boshlab yuborilgan. Uning hududi 33 gektardan oshadi.
Orol suvi qaytib ketgan joylarga ekish uchun cho‘lga eng chidamli hisoblangan saksovul va qorabarak o‘simliklari tanlangan. Bu mikroiqlimni yaxshilaydi va shunga mos ravishda yerning unumdorligini oshiradi.
«Orol faqat bitta davlatning muammosi emas. Shunday ekan, Qozog‘iston va O‘zbekiston hamkorlikda uning oqibatlarini bartaraf etsa, butun qit’aga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Har yili qurigan Orol tubidan 150 million tonnaga yaqin tuz va chang ko‘tariladi. Qozog‘iston va O‘zbekiston mutaxassislari yordamida bu muammoni hal qilamiz, deb o‘ylaymiz», dedi Qozog‘iston qishloq xo‘jaligi fanlari doktori Zinoviy Novitskiy.
Qozog‘iston hukumati yaqin kunlarda Orol dengizida saksovul ekiladigan maydonni 1,5 million gektarga yetkazmoqchi. Shu maqsadda o‘rmon xo‘jaligiga katta mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?
Jamiyat | 09:02 / 26.06.2025
Imtihon yaqin: bu yil abituriyentlarni nimalar kutyapti? – eng muhim savollarga rasmiylardan javoblar
O‘zbekiston | 12:11 / 25.06.2025
Eronning amaldagi siyosiy tizimi. U qanday paydo bo‘lgandi?
Jahon | 19:30 / 24.06.2025
Urushga qo‘shilgan AQSh, «butun Ukraina bizniki» degan Putin – hafta dayjesti
Jahon | 18:52 / 22.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Turkiya: ota-onalar dam oladigan, bolalar esa baxtiyor bo‘ladigan ta’til
Jamiyat | 19:00
-
NATO sharqqa kengaymaydi deb Rossiyani chuv tushirishdi – Putin
Jahon | 21:44
-
Kun.uz jurnalisti «Oltin qalam» mukofoti bilan taqdirlandi
Jamiyat | 21:26
-
Shavkat Mirziyoyev Minskda Vladimir Putin bilan uchrashuv o‘tkazdi
O‘zbekiston | 21:21
Mavzuga oid

19:59
Atlantika okeanida 1000 bochkadan ortiq radioaktiv chiqindilar topildi

13:15 / 26.06.2025
O‘zbekistonda biogazdan metan ishlab chiqariladi

15:40 / 24.06.2025
Chilonzorda yana daraxtlar kesildi. Ekologiya organi sukutda

13:10 / 23.06.2025