Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uzbekistan Airways Londonga parvozlarni ko‘paytiradi
Uzbekistan Airways Toshkentdan Londonning Gatvik aeroportiga aviaqatnovni yo‘lga qo‘yib, Toshkent–London yo‘nalishidagi parvozlarni haftasiga uchtaga yetkazishini ma’lum qildi. Bunda, 7 apreldan boshlab Hitrou aeroportiga doimgidek haftasiga ikkita, Gatvik aeroportiga esa bitta reys amalga oshiriladi.
Hitrou aeroportiga qatnovlar seshanba va juma kunlari, Gatvik aeroportiga yakshanba kunlari quyidagi jadvalga muvofiq amalga oshiriladi:
- Toshkentdan jo‘nab ketish soat 10:55, Toshkent vaqti bilan;
- Londonga yetib kelish soat 14:35, London vaqti bilan;
- Londondan jo‘nab ketish soat 16:10, London vaqti bilan;
- Toshkentga yetib kelish ertasi kuni soat 03:00, Toshkent vaqti bilan.
Avvalroq, 14 martdan boshlab Polshaning LOT Polish Airlines kompaniyasi Toshkentdan Varshavaga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yishi xabar qilingandi. Parvozlar haftasiga uch marta amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026
Britaniyada nam salfetkalarni sotish taqiqlandi
22:32 / 26.06.2026