Jahon | 21:45 / 13.03.2024
20584
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda poyezd qorga botib qoldi

Bunga xususiy kompaniya tomonidan temir yo‘llar qordan tozalanmagani sabab qilib ko‘rsatildi.

Qozog‘istonning Oqto‘be viloyatida poyezd qorga botib, to‘xtab qoldi. Ijtimoiy tarmoqlarda qorda qolib ketgan poyezdning videosi paydo bo‘ldi. 

Ma’lum qilinishicha, 10 kilometr uzunlikdagi ushbu temir yo‘l uchastkasi xususiy kompaniyaga tegishli.

«Uzunligi 10 kilometr bo‘lgan mazkur temir yo‘l uchastkasi «Bereke-Biznes» xususiy korxonasiga tegishli. «Qozog‘iston temir yo‘llari» ushbu filialdagi yo‘llarni tozalash va saqlash uchun javobgar emas. Qorli yo‘lda xususiy kompaniya ishchilarini olib ketayotgan poyezd botib qoldi. Yo‘llar tozalandi va poyezd 30 daqiqadan so‘ng jo‘nab ketdi», deyiladi «Qozog‘iston temir yo‘llari» xabarida.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi, shuningdek, xususiy tashuvchi yordam so‘rab murojaat qilmaganini qo‘shimcha qildi. 

Qayd qilinishicha, 12 mart kuni Oqto‘beda kunduzi -4 daraja, kechasi -11 daraja sovuq qayd etilgan.

Mavzuga oid