Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xotin-qizlarning tadbirkorligi uchun 100 mln dollar miqdorda imtiyozli mablag‘ ajratiladi
Prezident tomonidan “Xotin-qizlarning tadbirkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
Xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada jami 100 mln AQSh dollari ekvivalentida resurslar ajratiladi, bunda:
- "Xalq banki"ga 35 mln AQSh dollari;
- "Biznesni rivojlantirish banki"ga 35 mln AQSh dollari;
- "Mikrokreditbank"ga 30 mln AQSh dollari ajratiladi.
Savdo-sanoat palatasi va uchta bankda quyidagilarni nazarda tutuvchi xotin-qizlar tadbirkorligini qo‘llab- quvvatlash tizimi yaratiladi:
- tashabbuskor xotin-qizlarning biznes loyihalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish;
- mahallalarda xotin-qizlarni tadbirkorlikka o‘qitish;
- xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan mahsulotlarni sotish;
- kooperatsiya asosida loyihalarni amalga oshirishga ko‘maklashish;
- loyihalar amalga oshirilishini kuzatib borish va ayol tadbirkorlar bilan doimiy muloqot qilish.
Daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash dasturi ishlab chiqiladi.
Kredit ajratishda ustuvorlik "Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimiga, "Ayollar daftari", "Yoshlar daftari" va "Temir daftar"ga kiritilgan xotin-qizlar tomonidan amalga oshirish taklif etilayotgan loyihalarga beriladi.
Mavzuga oid
15:01 / 10.11.2025
Toshkent shahri va Xorazmda tadbirkorlik zichligi eng yuqori
15:11 / 04.11.2025
Bitiruvchilarni ishga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar joriy etildi
11:51 / 27.10.2025
Soliq nizolarini ko‘rib chiqish uchun ekspert kengashi ish boshlaydi
17:58 / 24.10.2025