Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda sel yuvib ketgan ko‘prikda transport harakati qayta tiklandi
Kitob tumanida “Ayoqchisoy” daryosi ustidan o‘tuvchi 47 metrli ko‘prikka tutash yo‘lning bir qismini 21 mart kuni sel yuvib ketgandi.
Kitob tumanida sel yuvib ketgan ko‘prikda harakat qayta tiklandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kitob tumanining “Ayoqchisoy” daryosi ustidan o‘tuvchi 4K-271 Rusqishloq—Makrid—Minjir avtomobil yo‘lidagi uzunligi 47 metr bo‘lgan ko‘prikka tutash yo‘lning bir qismini suv yuvib ketgan.
“Hodisa oqibatida hech kim zarar ko‘rmagan. Voqea joyiga tezda tuman favqulodda vaziyatlar bo‘limi hamda bir qator hamkor tashkilotlardan iborat tezkor guruh yetib borgan” deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, ko‘rilgan choralar natijasida daryo o‘zani maxsus texnikalarni jalb qilish orqali beton plitalar yordamida ihotalanib, yo‘lning suv yuvib ketgan qismi qum-shag‘al yordamida qayta to‘ldirilgan. Hozirda ko‘prikda transport vositalar harakati qayta tiklangan.
Quyida ko‘prikning 21 mart kungi holati aks etgan suratlar:


Mavzuga oid
23:02 / 03.07.2026
“O‘lganning ustiga tepgan”: Qashqadaryoda o‘nlab fuqaroning kreditga olingan mashinalari g‘oyib bo‘ldi
11:52 / 03.07.2026
O‘zgidromet kuchli yomg‘irlar va sel xavfi haqida ogohlantirdi
16:36 / 22.06.2026
Sariosiyodagi xalqaro ahamiyatga ega ko‘prikka sel zarar yetkazdi, harakat vaqtincha to‘xtatildi
08:25 / 19.06.2026