Boltiqböyi mamlakatlaridan odamlarni deportatsiya qilişda foydalangan çorva poyezdi (1949 yil mart oxiri)
Foto: Lettisches Okkupationsmuseum

Estoniya va Latviyada 25 mart, duşanba kuni roppa-rosa 75 yil avval sovet hukumati tomonidan Sibirga ommaviy deportatsiya qurbonlari xotirasiga bağişlangan marosimlar bölib ötdi. Operatsiya paytida Boltiqböyi mamlakatlarining ön minglab aholisi quvğin qilingan, minglab odamlar halok bölgan. «Biz bu adolatsizlikni unutmaymiz va qurbonlarni yodda saqlaymiz», dedi Estoniya prezidenti Alar Karis Tallindagi marosimda.

Latviya prezidenti Edgars Rinkeviçs Rigada bölib ötgan xotira tadbirida sözga çiqib, «latiş xalqining kommunistik genotsidi» töğrisida ma’lum qildi. Karis singari u tarixiy voqealardan hozirgi kun uçun saboq oliş kerakligini ta’kidladi: «Biz Ukraina xalqini Rossiyaga qarşi kuraşda qöllab-quvvatlaşda davom etamiz», - deya qöşimça qildi u. 

Estoniya, Latviya va Litva 2004 yildan beri Yevropa Ittifoqi va NATO a’zosi hisoblanadi. 

Sovet ittifoqidagi operatsiya

1949 yil 25 mart kuni ertalab sovet hukumati Boltiqböyi mamlakatlarining ön minglab aholisini yaşirinça deportatsiya qilişni boşladi. Ommaviy surgunning maqsadi Germaniya va SSSR örtasida hujum qilmaslik töğrisidagi pakt (Molotov-Ribbentrop pakti) imzolanganidan köp ötmay, 1940 yilda bosib olingan hududlar ustidan yakuniy nazoratni qölga kiritiş edi. 

Tarixçilarning fikriga köra, operatsiyani tayyorlaş va amalga oşirişda SSSR Davlat xavfsizlik vazirligi va partiya organlarining 76 mingdan ortiq xodimi iştirok etgan. 1949 yil mart oyining oxirgi haftasida 95 mingga yaqin odam deportatsiya qilindi: 42 mingdan ortiq kişi Latviyadan, 30 mingdan ortiq kişi Litvadan va 20 mingdan ortiq Estoniyadan. 

Deportatsiya qilinganlar, asosan, Sibirga qaytiş huquqisiz çorva taşiş maşinalarida olib ketilgan. Tadqiqotçilar fikriga köra, minglab odamlar yölda va surgunning özida halok bölgan - deportatsiya qilinganlarning jami 15 foizigaça. 

Iosif Stalin vafotidan söng sovet hukumati quvilgan Boltiqböyi aholisiga öz uyiga qaytişga asta-sekin ruxsat bera boşladi. Oradan faqatgina 40 yil ötib, 1989 yilning noyabrida sovet ittifoqi deportatsiya amaliyotini noqonuniy deb tan oldi.