«Krokus Siti Xoll»dagi teraktda jabrlangan 11 kişi Rossiya Tergov qömitasiga qöşma ariza berib, «Krokus» egalariga xavfsiz bölmagan xizmatlar körsatgani uçun jinoiy iş qözğatişni talab qildi. Bu haqda 2 aprel, seşanba kuni da’vogarlarning advokati Igor Trunovga tayanib, RIA «Novosti» xabar berdi.
Trunovning sözlariga köra, dastlab u terakt sodir bölgan kuni «Piknik» guruhi konsertini suratga olişi kerak bölgan Ivan Pomorinning suratga oliş guruhi manfaatlarini himoya qilgan, keyinroq ularga qurbonlarning qarindoşlari va jabrlanganlar taşabbuskor guruhi qöşilgan.
Bayonotda «Krokus» 1998-1999 yillarda loyihalaştirilgani va 2009 yilda foydalanişga topşirilgani, şundan beri xavfsizlik talablari sezilarli darajada özgargani aytiladi. Advokatning sözlariga köra, normalar endi «yangi lazer datçik tizimlari, avtomatika, yonğin öçiriş tizimlari, yonğinga çidamli qoplamalar uçun doimiy ravişda katta miqdorda mablağ sarflaşni» talab qiladi.
Da’vogarlar xavfsizlik normalariga rioya qilinmaganini bildiryapti
Da’vogarlarning ta’kidlaşiça, «Krokus»da yonğin boşlanganidan keyin bir neça soniya içida sahna pardasi olov bilan qoplangan, bu, himoya tomoni fikriga köra, yonğin xavfsizligi standartlari buzilganini körsatişi mumkin, çunki parda yonğinga çidamli maxsus mato bilan qoplangan bölişi kerak.
Bundan taşqari, hujjatda aytilişiça, «Krokus»ning «yonğinga qarşi suv tizimi» va tutunni olib taşlaş tizimi «nosoz bölgan», aksariyat evakuatsiya eşiklari terakt va evakuatsiya vaqtida yopiq turgan.
Crocus Group egasining öğli Emin Agalarovning RIA «Novosti»ga aytişiça, «Krokus»dagi barça xavfsizlik tizimlari işlagan, barça öt öçiriş gidrantlarida bosim bölgan. Keyinçalik, RBK efirida u «Krokus»da yonğindan himoya qiliş tizimi «maksimal darajada işlaganini», «yonğindan umuman zarar körmagan xonalar mavjudligini», yonğin xavfsizligi standartlariga rioya qilmasdan turib, bino foydalanişga topşirilmasligini ta’kidladi.
«Krokus Siti Xoll»ga hujum
Moskva yaqinidagi Krasnogorskda «Krokus Siti Xoll» binosiga hujum 22 mart kuni keçqurun sodir böldi. Qurollangan odamlar binoga bostirib kirib, avtomatlardan öt oçgan, bir neça portlaşlar eşitilgan va yonğin boşlangan. Sönggi ma’lumotlarga köra, terakt oqibatida 144 kişi halok bölgan, yana 551 kişi jarohatlangan.













