Rossiyaga zarba beriş uçun Britaniyaning uzoq masofali Storm Shadow raketalaridan foydalaniş böyiça Ukrainaga AQŞ tomonidan qöyilgan çeklovlar bekor qilindi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumatidagi yuqori martabali manbalarga tayanib The Times xabar berdi.

Qayd qilinişiça, Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmerning bu masala böyiça pozitsiyasi «Ukrainaga özini özi himoya qiliş uçun mos deb bilgan tarzda qurol işlatişga ruxsat berişdan iborat». Buyuk Britaniya bir neça oydan beri Qöşma Ştatlarga bu masala böyiça bosim ötkazib kelgan.

Naşrning ta’kidlaşiça, Qöşma Ştatlar raketalarni pastlab uçişi uçun zarur bölgan navigatsiya ma’lumotlarini taqdim etadi va ular 250 km masofaga uçadi. Dastlab, Oq uy ziddiyatning kuçayişdan qörqib, ruxsat berişdan boş tortib kelayotgan edi.

Biroq, The Times naşrining Britaniya Taşqi işlar vazirligidagi manbasiga tayanib yozişiça, «buriliş nuqtasi» Rossiya tomonidan KXDR askarlarini mojaroga tortilişidan keyin yuz bergan.

Avvalroq, AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga zarba yöllaşga ruxsat bergan edi. Şundan söng, Kir Starmer Storm Shadow raketalaridan foydalaniş faqat «vaqt masalasi» ekaniga işora qila boşladi. The Times manbalari boş vazirning ritorikani özgartirişni «qasddan qilingan» deb ta’riflab, buni AQŞ çeklovlarining bekor qilinişi bilan boğlaydi.

17 noyabr kuni The New York Times gazetasi AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga Kursk oblastidagi operatsiyada iştirok etayotgan Ukraina Qurolli kuçlari bölinmalarini himoya qiliş uçun uzoq masofali ATASMS raketalaridan foydalanişga ruxsat berganini yozdi.

18 noyabr kuni RBK-Ukraina naşri özining harbiy-siyosiy doiralardagi yuqori martabali manbasiga tayanib, Buyuk Britaniya va Fransiya Ukrainaga Rossiya hududiga hujum qiliş uçun uzoq masofali raketalardan foydalanişga ruxsat berganini, ammo bu ruxsat faqat Kursk oblastiga tegişli ekanini yozdi.

19 noyabr kuni Ukraina ATACMS raketalari bilan Rossiya hududiga birinçi marta zarba yöllagani haqida Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.