Ğazodagi vaziyat

BMT bolalar fondi — UNICEF ma’lumotlariga köra, Isroil Falastinning ta’lim tizimini izdan çiqargan.

Falastinlik bolalar Ğazo janubidagi Rafah şahrida çodirlardan yasalgan sinflarda ta’lim olişmoqda. Bu yerda Isroilning şafqatsiz hujumlaridan ğazoliklarning teng yarmi jon saqlamoqda.

Uruş boşlanganidan söng maktablarning köpçiligi Isroil aviazarbalaridan yaşiringan aholi uçun bombalardan panalaş joyiga aylangan. UNICEF ma’lumotlariga köra, Ğazodagi maktablarning har 10 tasidan 8 tasi vayron qilingan.

Ğazodagi 620 mingdan ziyod maktab yoşidagi bolalar ta’lim ololmayapti. Isroilning Ğazoga nisbatan harbiy agressiyasi Falastin ta’lim tizimini butkul izdan çiqargan.

Isroil agressiyasi qurbonlari soni 33 ming 545 nafarga yetgan, deb xabar beradi Ğazo soğliqni saqlaş vazirligi. Yarador bölganlar soni 76 ming nafardan oşgan.

Sönggi sutka içida amalga oşirilgan ommaviy qirğinlar oqibatida halok bölganlar 63 kişini, yaradorlar 45 kişini taşkil etgan. Ğazoda oçlik ham hukm surmoqda. Oçlikdan ölganlar soni 34 kişiga yetgan. 

Eronning Isroilga zarbasi

AQŞdagi harbiy mulozimlar va ularning ittifoqçilari Eronning Isroilga zarbasi muqarrar sodir böladigan voqea deb hisoblaşmoqda. Zarbalar «Hizbulloh» kabi proyeksilar vositasida emas, töğridan töğri raketa zarbasi körinişida bölişi mumkin.

Bu esa mintaqaviy uruş tahdidini kuçaytiradi.

Eronning Damaşqdagi konsulxonasiga raketa zarbasi berilgaç, Eron oliy rahnamosi oyatulloh Xominaiy Isroildan öç olinişini e’lon qilgaç, AQŞ prezidenti Jo Bayden Isroilni qöllaşga va’da berdi.

«Ular bizning konsulligimiz hududiga hujum qilgani mamlakatimiz, hududimizga hujum qilganini anglatadi. Badkirdor rejim albatta jazolanişi kerak va u jazolanadi ham», — degan edi Xominaiy.

Agar Eron töğridan töğri zarba bersa, Isroil albatta javob qaytaradi. «Agar Eron öz hududidan zarba beradigan bölsa, Isroil Eronga zarba beriş bilan javob qaytaradi», — degan Isroil taşqi işlar vaziri Isroil Kats.