Ekvadordagi namoyişçilar avtomobillar karvoniga hujum qildi, ulardan birida prezident Daniel Noboa bölgan. Prezident ma’muriyati X ijtimoiy platformasida xabar berganidek, hodisa 7 oktyabr, seşanba kuni mamlakatning markaziy qismidagi Kanar provinsiyasida sodir bölgan.
Ekvador atrof-muhitni muhofaza qiliş vaziri Ines Manzanoning sözlariga köra, Noboa Kanardagi suv tozalaş inşooti oçilişiga ketayotganida uning korteji yuzlab namoyişçilar tomonidan qurşab olingan. «500 ga yaqin odam kelib, unga toş otdi, prezidentning maşinasida öqdan teşiklar ham bölgan», — deya rasmiyning sözlaridan iqtibos keltirgan AFP.
Ekvador prezident apparati hujumga uçragan maşinalar suratlarini, şuningdek, voqea vaqtida maşinalardan biridan olingan videoni çop etdi.
OAV ma’lumotlariga köra, kortejga uyuştirilgan hujumga aloqador kamida beş kişi qölga olingan. Prezident ma’muriyati ularni «terrorizm va qotillikka uriniş» uçun jinoiy javobgarlikka tortişga va’da berdi.

Sentyabr oyi oxirida ham Noboaning korteji toşlar bilan hujumga uçragandi, deb xabar berdi CNN. Öşanda prezident bilan maşinada xorijiy diplomatlar, jumladan Vatikan vakili va Yevropa Ittifoqi elçisi bölgan. Siyosatçilardan heç kim jabrlanmadi.
Ekvadorda Noboaga qarşi namoyişlar sentabr oyi örtalaridan beri davom etmoqda. Ularga rasmiylarning mamlakatda dizel yonilğisini subsidiyalaşdan boş tortişi sabab bölgan. Rasmiylar bu qarorni davlat xarajatlarini kamaytiriş, yonilği kontrabandasiga qarşi kuraşiş va ijtimoiy dasturlar uçun mablağlarni böşatiş istagi bilan izohladi.
Öşandan beri Ekvador hukumatiga qarşi norozilik namoyişlari bir neça bor politsiya bilan töqnaşuvlarga aylanib ketdi, kamida bir fuqaro halok böldi. Mamlakat hukumati tartibsizliklarni uyuştirganlikda narkokartellarini aybladi va hukumat amaldorlariga qilingan hujumlarni terroristik harakatlar sifatida tavsifladi.












