Ğazodagi vaziyat
Isroil va HAMAS örtasidagi muzokaralar yana boşi berk köçaga kirib qolganga öxşayapti.
Qatarning boş vaziri Muhammad ibn Abdurrohman Ol Soniy Ğazoda otaşkesimga erişiş va garovdagi asirlarni ozod qiliş böyiça ötkazilayotgan muzokaralarning yangi tafsilotlarini oçiqladi. Uning sözlariga köra, tomonlar boşi berk köçaga kirib qolişgan.
«Uşbu bosqiçda jarayon çözilmoqda, biz imkon qadar muammoni hal qilişga harakat qilmoqdamiz», — degan Muhammad ibn Abdurrohman Ol Soniy.
Uning qayd etişiça, rasmiy Doha «uruş boşlanganidan buyon mojaroning avj olişiga yöl qöymaslik haqida ogohlantirib kelganiga qaramasdan, bugunga kelib mojaro turli frontlarga tarqalib ketdi».
Qatar Misr va AQŞ bilan birgalikda bir neça haftadan buyon Ğazoda tinçlikka erişiş, garovda uşlab turilgan isroilliklarni mahbus falastinliklarga almaşiş böyiça parda ortida muzokaralar olib bormoqda. Ramazon oyi tugagaç, tarixda ilk bor Eronning Isroilga oçiq hujumi röy bergaç, Ğazodagi çözilib ketgan uruş mintaqaviy mojaroga aylanib ketiş xavfi paydo böldi.
Ukraina şahriga zarba
Rossiya qöşini Ukrainaning Çernihiv şahriga raketa zarbasi berdi. Köp qavatli uylar vayron bölgan, kamida 17 kişi halok bölib, önlab kişilar yaralangan. Qurbonlar soni oşişi mumkin.
Oblast ma’muriyati rahbari Vyaçeslav Çaus şaharga «Iskander» tizimining uçta raketasi bilan zarba berilganini aytgan.
Ukraina prezidenti ofisi rahbari örinbosari Oleksiy Kulebaga köra, şahar öqqa tutilişi oqibatida sakkiz qavatli turar joy binosi vayron bölgan, şuningdek törtta köp qavatli uy, şifoxona, oliy ta’lim muassasasi va önlab avtomobillarga zarar yetgan. Çernihiv şahar ma’muriyati rahbari Dmitro Brijinskiy şaharda jami 16 ta uy şikastlanganini aytgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy qurbonlarning yaqinlariga hamdardlik bildirgan. Şuningdek, qurbonlar va jabrlanganlar soni ortişi mumkinligini qayd etgan.
«Agar Ukraina yetarliça havo hujumidan mudofaa vositalari olganida va dunyoning Rossiya terroriga qarşi qat’iyati yetarli bölganida bu iş bölmasdi», — deya yozgan Zelenskiy telegram-kanalida.











