O‘zbekiston | 10:58 / 18.04.2024
3527
1 daqiqa o‘qiladi

Pekinda O‘zbekiston-Xitoy xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

16 aprel kuni Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining xavfsizlik sohasida hamkorlik bo‘yicha kichik qo‘mitasining sakkizinchi yig‘ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: "Dunyo" AA

TIV ma’lumotiga ko‘ra, delegatsiyalarga O‘zbekiston va Xitoy tashqi siyosat idoralari rahbarlari o‘rinbosarlari Bobur Usmonov va Sun Veydun boshchilik qildi.

Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston-Xitoy hamkorligining holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. 2024 yilda Xitoyga tashkillashtirilgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishni jadallashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, harbiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlash uchun mavjud salmoqli salohiyatni ro‘yobga chiqarishdan o‘zaro manfaatdorlik tasdiqlandi.

Madaniy-gumanitar va turistik almashinuvlarini faollashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

BMT va boshqa xalqaro institutlar doirasidagi o‘zaro hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Mavzuga oid