Hukumatning 2026 yil 19 iyundagi 316-son qarori bilan «Lift va lift xavfsizlik qurilmalarining muvofiqligini baholaş tartibi töğrisida»gi nizom tasdiqlandi.
Mazkur hujjat liftlar hamda ularning xavfsizlik qurilmalarini baholaş tartib-taomillarini belgilab beradi. Nizom «Lift va lift qurilmalarining xavfsizligi töğrisida»gi texnik reglament talablariga asoslangan.
Yangi tartibga köra, qonunçilikda belgilangan talablar bajarilgan taqdirda lift xavfsizlik qurilmalariga Milliy muvofiqlik belgisini qöllaşga ruxsat beriladi.
Şuningdek, Milliy muvofiqlik belgisi tayinlangan organning maxsus reyestridagi xos raqam bilan birgalikda qöyilişi şart. Bu mahsulotning belgilangan talablarga javob berişini tasdiqlaydi.
Nizomda lift xavfsizlik qurilmalarini baholaşning bir neçta mexanizmlari nazarda tutilgan. Ular orasida tasdiqlangan turga muvofiqlikni kafolatlovçi sifat tizimini baholaş, işlab çiqarişdagi keng qamrovli sifat nazoratini tekşiriş hamda mahsulotlarni belgilangan muddatlarda qayta baholaş tartiblari mavjud.
Tayinlangan organlar ötkazilgan baholaş, tekşiriş va sinov natijalari böyiça maxsus hisobot tayyorlaydi. Agar lift yoki xavfsizlik qurilmasi asosiy xavfsizlik talablariga javob bersa, muvofiqlik sertifikati rasmiylaştiriladi.
Mutasaddilarning ta’kidlaşiça, yangi nizom liftlardan foydalaniş xavfsizligini oşiriş va sohada yagona texnik standartlarni joriy etişga xizmat qiladi.








