Koreyaning yirik texnologik kompaniyasi O‘zbekistonda vakolatxona ochishni rejalashtiryapti
O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov boshchiligidagi mamlakat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Janubiy Koreyada bo‘ldi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, O‘zbekiston vakillari WiseStone kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Yong-Seok Li, WiseStone-T bosh direktori In-Suk Kim hamda KOIIA vakili Sung-Jom Lim bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda WiseStone vakillariga malakali mutaxassislar yetishmasligi muammosini hal etishning mumkin bo‘lgan yechimi sifatida mamlakatning inson kapitali haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. Farg‘ona viloyatini koreys tilining yuqori kirib borishi va rivojlangan infratuzilmasi tufayli kelajakdagi WiseStone ofisi uchun potensial joy sifatida ko‘rib chiqish taklif qilindi.
WiseStone kompaniyasi vakillari yaqin vaqt ichida O‘zbekistonga tashrif buyurishni va mamlakatning IT landshafti va kadrlar salohiyati bilan yaqindan tanishishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Mavzuga oid
08:21 / 16.12.2024
Koreyadagi o‘zbekistonliklar ish joyini tashlab ketgani tufayli kafillardan 2 mlrd so‘m undirildi
18:12 / 11.12.2024
“Vertolyot kabi havoga tik ko‘tariladi” – AQShda hibrid samolyotning ilk surati namoyish etildi
18:26 / 10.12.2024
“Superkompyuterlardan ham tezroq” – murakkab muhandislik muammolarini oson hal qiladigan sun’iy idrok ishlab chiqildi
15:02 / 10.12.2024