Migratsiya agentligi ma’lum qilişiça, sönggi vaqtlarda Koreya Respublikasiga vaqtinça işlaş uçun borgan fuqarolar orasida öz iş joyini sababsiz taşlab ketiş holatlari uçramoqda.

Bu esa Özbekistonga ajratiladigan işçi kvotalar soniga jiddiy ta’sir körsatadi. Şu bilan birga, Özbekistondan borgan işçilarning imiji tuşib ketişiga sabab bölmoqda.

Şu bois, Koreyaga işlaş uçun borayotgan har bir yurtdoşimiz ketiş oldidan uç tomonlama şartnomaga imzo çekmoqda. 

Şartnomada: “Agarda öz iş joyimni sababsiz taşlab ketib, nolegal faoliyat yuritadigan bölsam, meni kafillikka olayotgan şaxs, ya’ni yaqin qarindoşimdan Koreyada nolegal yurgan har bir oyim uçun 2000 AQŞ dollaridan (hozirgi vaqtda) jarima undirilişiga roziman”, deyiladi.

Jumladan, Koreyaga işlaş maqsadida ketgan va şartnoma şartlarini buzgan qaşqadaryolik fuqaro M.A.ning kafilidan sud qaroriga asosan MIB 70 mln 392 ming söm undirgan.

2024 yilning ötgan davrida öz iş joyini sababsiz taşlab ketgan qariyb 80 nafar Özbekiston fuqarolarining kafillari tomonidan davlatga 2 mlrd 35 million söm jarima undirilgan.