“Superkompyuterlardan ham tezroq” – murakkab muhandislik muammolarini oson hal qiladigan sun’iy idrok ishlab chiqildi
Yangi texnologiyani tibbiyotda ham qo‘llasa bo‘ladi. Uning yordamida bemor yuragini 30 soniya ichida tahlil qilish mumkin.
Amerikaning Jons Hopkins universiteti olimlari murakkab muhandislik masalalarini superkompyuterlardan ham tezroq yecha oladigan yangi sun’iy idrok modelini ishlab chiqdi. Yaratilgan dasturiy ta’minot turli xil muhandislik masalalarini modellashtirish imkonini beradi: u bilan qurilayotgan ko‘prik yuklamasini hisoblash, kosmik kemalarga tushadigan bosimni aniqlash yoki avtomobillar to‘qnashuvdagi deformatsiyasini o‘rganish kabi vazifalarni hal qilish mumkin.
Texnologiyaga DIMON ( Diffeomorphic Mapping Operator Learning ) nomi berildi. U aksariyat ilmiy va muhandislik tadqiqotlarining matematik asosi hisoblangan xususiy hosilali tenglamalarni yechadi. Bu tenglamalar obektlar yoki muhitlarning vaqt va fazoda qanday o‘zgarishini tasvirlaydi va odatda katta hisoblash resurslarini talab etadi.
DIMON universal bo‘lib, turli xil vazifalar uchun qo‘llash mumkin: krash-testlardan tortib inson yuragidagi elektr signallarini modellashtirishgacha. Uning yordamida olimlar jamoasi elektr impulslarining tarqalishini modellashtirgan holda 1000 dan ortiq raqamli yurak modelini sinovdan o‘tkazdi. Bu yurak aritmiyalarini aniqlash va eng maqbul davolash usulini tanlash uchun asqatadi.
“DIMON yordamida bemorning yuragini tahlil qilish vaqtini bir necha kundan 30 soniyagacha qisqartirishimiz mumkin. Bu texnologiyani kundalik tibbiy amaliyotda qo‘llashga imkon beradi”, — dedi tadqiqot rahbari Natalya Trayanova.
Muammolarni yechishning an’anaviy usullari murakkab obektlarni mayda to‘rlarga bo‘lishni va har bir element uchun alohida hisob-kitoblar o‘tkazishni talab etadi. Agar obektning shakli biror avariya oqibatida o‘zgaradigan bo‘lsa, butun jarayonni qaytadan boshlashga to‘g‘ri keladi. Bu esa hisob-kitoblarni sekinlashtirib, xarajatlarni oshiradi. DIMON sun’iy idrokdan foydalanib, qayta hisob-kitoblarsiz o‘zgarishlarni oldindan aytib berishni o‘rganmoqda. Bu muhandislik tuzilmalaridagi issiqlik, kuchlanish yoki harakatni modellashtirish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi, muhandislarga loyihalarni tezroq ishlab chiqish va takomillashtirish imkoniyatini beradi.
“DIMON — ko‘plab sohalar uchun oldinga tashlangan qadam. U universal va keng ko‘lamli”, — dedi texnologiyani ishlab chiqqan Minlan Yin.
Texnologiya allaqachon tibbiy va muhandislik masalalarini yechish uchun qo‘llanmoqda, biroq jamoa uni keng jamoatchilikka moslashtirishni rejalashtirmoqda. Bu aerokosmik muhandislik, transport vositalarini loyihalash va tibbiy qurilmalarni ishlab chiqish kabi sohalardagi tadqiqotlarni tezlashtiradi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:46
-
Rossiyada 2008 yildan beri eng yuqori kadrlar tanqisligi qayd etildi
Jahon | 09:40
-
AQSh sudi: "Ozodlik radiosi" 12 mln dollar olishi kerak
Jahon | 09:33
-
Qamchiq dovonida “Vaz-2106” avtomobili xandaqqa tushib ketdi
Jamiyat | 08:50
Mavzuga oid

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi

11:19 / 24.03.2025
Olimlar klaviaturadagi yozuviga qarab odamlarning shaxsini aniqlashni o‘rgandi

15:23 / 19.03.2025