Yerda so‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘roni yuz berishi mumkin
So‘nggi ikki kun ichida Quyoshda eng yuqori X darajali oltita chaqnash sodir bo‘lgan, chaqnash faolligi darajasi o‘n balli shkala bo‘yicha 9,8 ga yaqin.

So‘nggi 20 yildagi eng kuchli magnit bo‘roni 10 maydan 11 mayga o‘tar kechasi Yerda yuz berishi mumkin. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev RIA Novosti nashriga ma’lum qildi.
«So‘nggi 20 yil ichida birinchi marta Yerda eng yuqori beshinchi darajadagi magnit bo‘roni sodir bo‘lishi mumkin. Uch kun ichida Quyosh sayyoramiz tomon to‘rtta juda katta plazma bulutini uloqtirdi. Ulardan ba’zilari bundan ham kattaroq obektga birlashadi va bugun tunda Yerning magnit maydoniga zarba beradi», dedi mutaxassis.
Olimlar bo‘ron kuchini kamida G4.33 bo‘lishini taxmin qilmoqdalar, ammo 15 foiz ehtimollik bilan G5 darajaga yetishi mumkin, deb tushuntirdi Bogachev.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, so‘nggi ikki kun ichida Quyoshda eng yuqori X darajali oltita chaqnash sodir bo‘lgan, chaqnash faolligi darajasi o‘n balli shkala bo‘yicha 9,8 ga yaqin. Keyingi 2-3 kun ichida portlovchi energiyaning so‘nishi kutilmoqda.
«Yerdagi turli darajadagi kuchli geomagnit bo‘ronlar hafta oxirigacha davom etishi mumkin», deb ogohlantirdi Bogachev.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov yer aholisi qariyb ekstremal G5 darajali 9 ballik geomagnit qo‘zg‘alish ta’sirida ekani, bu eng kuchli qo‘zg‘alishligini ta’kidladi.
30 yoshdan katta yoshli aksar qatlamda:
- bosh miya ort qismi va peshona tirishishi;
- arterial qon tomir kasalliklari;
- apatiya kabi xastaliklar kuzatilyapti.
7—8 ballik geomagnit bo‘ron qo‘zg‘alishi kun davomida kuzatilishi prognoz qilinmoqda.
«Bu kabi ta’sirga moyil kishilar spirtli ichimliklar ichishdan tiyilishi, ko‘p ovqatlanmaslik, jismoniy zo‘riqish bilan bog‘liq turli mashqlar bajarmaslik, ko‘proq dam olishi, ko‘proq suv, yalpiz-ko‘k choy damlarini ichish tavsiya etiladi.
Hozirda dunyoda radioaloqa bilan bog‘liq mini (balki mega) blekautlar kuzatilayotgan bo‘lishi kerak», degan u o‘z telegram-kanalida.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Hayit kuni qurbon bo‘lgan g‘azoliklar, husiychilarga Trampdan tahdid va «Tolibon»ni legallashtirmoqchi bo‘layotgan Rossiya - kun dayjesti
Jahon | 13:56
-
Hafta davomida harorat ko‘tarilishi davom etadi
O‘zbekiston | 13:21
-
Tovar, transport va shaxslarning xavf darajalariga ko‘ra bojxona nazorati shakllari qo‘llanadi
O‘zbekiston | 13:15
-
2 yil oldin sotilgan “Kvars” AJ yana davlat nazoratiga qaytdi
Iqtisodiyot | 12:27
Mavzuga oid

01:36 / 23.03.2025
23 mart kuni magnit bo‘roni kuchayishi kutilmoqda

18:13 / 10.03.2025
Quyoshdagi uchta teshik tufayli Yerning geomagnit holati yomonlashdi

16:48 / 21.01.2025
Sayyoralar paradi: 21 yanvar kuni oltita sayyora bir safga tiziladi

14:19 / 04.01.2025