Fermerlarga muayyan miqdordagi xodimlarni rasmiy tarzda işlatiş majburiy qilinişi mumkin. Agrobiznes assotsiatsiyasiga köra, bunday talab kuçga kirgan taqdirda fermerlarga soliq yuki oşadi, iş jarayonini mexanizatsiyalaşga rağbat yöqoladi.

15 may kuni “Qişloq xöjaligi sohasida aholi bandligini ta’minlaşni rağbatlantirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi hukumat qarori loyihasi böyiça jamoatçilik muhokamasi yakunlanadi.

Loyihada fermer xöjaliklari va boşqa qişloq xöjaligi korxonalarida xodimlar sonining eng kam me’yorlarini belgilaş közda tutilgan. Bundan maqsad – bandligi rasmiylaştirilmagan xodimlarni yaşirin iqtisodiyotdan rasmiy sektorga olib ötiş.

Eng kam me’yorlar – dehqonçilik va baliqçilikda 1 gektar hisobiga, çorvaçilikda esa hayvonlarning boş soniga nisbatan belgilanadi. Masalan, 50 gektar maydonda paxta yetiştiruvçi fermer mart-sentabr oylarida har bir gektarga 0,33 nafardan, jami 50 gektarga kamida 16-17 nafar xodimni rasman iş bilan ta’minlaşi kerak.

Agrobiznes assotsiatsiyasi rahbari Kamoliddin Ikromov Kun.uz'ga bu loyiha boradasigi özining tanqidiy fikrlarini bildirdi. Quyida uning sözlari keltirib ötiladi.

— Bu loyiha qabul qilinsa, har bir fermer yiliga qöşimça gektariga 500 ming sömdan 1,5 mln sömgaça soliq tölaşiga töğri keladi. Loyiha böyiça fermer qöşimça işçi olsa ham, olmasa ham, normativ böyiça hisoblangan işçilar soni uçun soliq tölaşi kerak böladi.

Rivojlangan dunyo qişloq xöjaligini sun’iy intellekt bilan robotlaştirayotgan va şu yöl bilan mahsulot tannarxini pasaytirib, raqobatbardoş qilayotgan bir paytda, bizda işçilarni köpaytirişimiz uçun kombaynlardan keçib, kerak bölsa buğdoyni ham qölda örişimizni taklif qilişayotganday tasavvur hosil bölyapti.

Fermerlarga qöşimça sun’iy işçi oldiriş amaliyoti aslida hozir ham bor, ayrim hududlarda fermerlarni yoki ularning buxgalterlarini turli idoralarga çaqirib, soliq hisobotini qaytadan topşirtiriş uçun bosimlar qilinmoqda. Lekin bu noqonuniy ekanini Soliq qömitasi 2021 yildayoq bildirgan, Kun.uz'da ham çiqqan edi bu xabar. Endi şuni legallaştirib qöyiş harakati bölyapti.

Bu loyiha qabul qilinsa, fermerçilik institutiga jiddiy zarar yetişi mumkin: