Bugun tabiat va inson örtasida ayovsiz kuraş ketmoqda. Inson turli texnikalar bilan qurollangani uçun tabiat yengilmoqda. Biroq istisnolar ham bor va ba’zi hollarda insonning kuçi tabiatga yetmayapti.

Qolaversa insonning tabiatga ayovsiz munosabatda bölişi yoki jonzotlar populyatsiyasiga noörin aralaşişi oxir-oqibat odamzodning öziga zarar keltiradi.

Avvalroq tabiat himoyaçilaridan biri, ijtimoiy tarmoqlarda Örikguli nomi bilan tanilgan ekobloger Mötabar Xuşvaqtova öz intervyularidan birida şunday degandi:

«Aslida tabiatga himoyaçi kerak emas. Özini özi davolab, qayta tiklana oladi. Masalan, Orol quridi va uning örni oçilib qoldi. Öşa joyda tabiat ölgani yöq, aksinça qayta tiklanyapti. Turli jonzotlar yaşayapti, çöllarga moslaşgan ösimliklar va butalar gurkirab ösyapti. Orol quriganidan tabiat emas, faqat odamzot zarar köryapti. Havo ifloslanayapti, içimlik suv masalasida muammo kelib çiqyapti. Demak, atrof-muhitga bepisand munosabatda böliş bilan odamzot tabiatga emas, öziga zarar keltiryapti».

Tabiat va atrof-muhit tozaligi uçun kuraşayotgan ekoblogerning gaplarida jon bor. Inson tabiatga zarar yetkazib faqat va faqat öziga ziyon yetkazayotgani haqida köplab misollar bor.

Uzoqqa bormaylik, 1950-yillar oxiri va 1960-yillar boşida Xitoyda çumçuqlar ommaviy yöq qilinişi oqibatida oçarçilik yuz bergan va millionlab xitoyliklar ölib ketgan.

Bunday hodisalarga Avstraliyada bölgan bir işni misol qilsa ham böladi. Bu qit’ada tabiat qonunlariga aralaşiş keyinçalik u yerda yaşayotgan odamlar va hayvonot dunyosi uçun juda jiddiy muammolarni keltirib çiqardi.

Bugun avstraliyaliklar öşa muammolarni bartaraf etiş uçun yana tabiatga qarşi kuraş olib borişyapti. Biroq kuçi yetmayapti.

Avstraliyani yengayotgan quyonlar

Avstraliyaga yevropaliklar ilk marta borişganda u yerdagi xaltali jonzotlarni körib hayron qolişgan. U yerda kenguru, xaltali krot, hatto xaltali börilar bölgan. Biroq öşa paytda dunyoning barça hududlarida tarqalgan quyonlar bu qit’ada bölmagan.

Ma’lumki, quyon juda tez köpayadigan jonzot hisoblanadi. 17-18-asrlarda dunyo böylab yurgan turli kemalarda qafaslarda quyon olib yurişgan. Ular kema oşxonasidan çiqadigan pöçoqlar va boşqa ozuqalar bilan boqilgan. Köpaygan quyonlarni söyib göştidan ovqat tayyorlaşgan.