07:24 / 17.05.2024
15982

Toshkentda o‘gay onaning muttasil qiynoqlari va zulmiga chidolmay uydan chiqib ketgan bolaga yordam berildi

Bola ota-onasi 2012 yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan so‘ng otasi qaramog‘ida bo‘lgan. Biroz muddat o‘tganidan so‘ng uning onasi boshqa turmush qurib, Turkiyaga jo‘nab ketgan. Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. O‘gay ona tomonidan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolaning o‘z uyidan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.

Toshkent shahrida o‘gay onasi zulmlariga chidolmay uydan ketgan bolaga yordam berildi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi

Ijtimoiy himoya milliy agentligi mas’ul xodimlari tomonidan ota-ona qarovisiz qolgan voyaga yetmagan B.I.ga zaruriy ijtimoiy yordam xizmati ko‘rsatildi.

Dastlabki o‘rganish ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi B.I. ota-onasi 2012 yilda oilaviy kelishmovchiliklar sababli ajrashgandan so‘ng otasining qaramog‘ida bo‘lgan. Biroz muddat o‘tganidan so‘ng uning onasi boshqa turmush qurib, Turkiya davlatiga jo‘nab ketgan. 

Bolaning otasi ham boshqa ayolga uylangan. O‘gay ona tomonidan voyaga yetmagan B.I.ga nisbatan doimiy davom etgan qiynoq va zulm bolaning o‘z uyidan chiqib ketishiga sabab bo‘lgan.

B.I.ning qarovsiz qolishi natijasida uning ta’lim olishi, tarbiyasi izdan chiqib ketgani aniqlandi. Bu holat yuzasidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi voyaga yetmagan B.I. tahsil olayotgan maktab ma’muriyatidan xabar topib, bola Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. 

Hozirda uning ruhiy holatini yaxshilash borasida tegishli mas’ullar tomonidan belgilangan tartibda amaliy ishlar olib borilmoqda.

Top